Ta’limiy vazifalari – bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni: harakat ko’nikmalarini va malakani shakllantirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, to’g’ri qaddi-qomat, gigiyena qo’nikmalarini singdirib borish, maxsus bilimlarni yegallash, mustaqillik ko’nikmasini singdirish kabilarni ham hal etib borish zarur. Ko’pgina harakatlar (emaklab yurish, yurish, yugurish, velosoped uchish va boshqalar) oddiy hayotda bolalar tomonidan ko’p foydalaniladi, bu yesa atrof-muhit bilan aloqani yengillashtiradi va uni bilish imkonini beradi. Emaklay boshlagan bolaning o’zi uni qiziqtirayotgan buyum oldiga kelib kuzata boshlaydi. Velosipedda uchuvchi bola havoni, suzishni biluvchi bola yesa suv hossalarini yaxshi bilib oladilar. Mustahkam harakat ko’nikma va malakalari jismoniy kuchni tejashga imkon beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |