Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Sport hakamlariga malaka toifasini berish uchun SO‘ROVNOMA
Download 188.47 Kb.
|
364 06.07.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi toifali sport hakami Milliy toifali sport hakami
- Sport hakamlariga malaka toifasini berish uchun TAQDIMNOMA
- Talablarni bajarish Sana Musobaqalar
- Seminardagi ishtiroki Sana O‘tkazilgan joyi
- Sport hakamlari malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan
- Uchinchi toifali sport hakami Ikkinchi toifali sport hakami
- Sport hakamligi haqidagi
Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 4-ILOVA Sport hakamlari malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan TALABLAR
Izoh: “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasini olish uchun kamida ikki marotaba musobaqa bosh hakami yoki ikki marotaba bosh kotib bo‘lish lozim. “Milliy toifali sport hakami “ malaka toifasini olish uchun kamida uch marotaba musobaqa bosh hakami yoki uch marotaba bosh kotib bo‘lish lozim. Sportning ayrim turlari bo‘yicha mazkur jadvalda belgilangan talablarni bajarish imkoniyati bo‘lmaganda tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan alohida talablar qo‘llaniladi. Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 5-ILOVA Sport hakamligi haqidagi GUVOHNOMA (tavsifi) Sport hakamligi haqidagi guvohnoma — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxslarga beriladi. Sport hakamligi haqidagi guvohnoma A5 formatdagi oq qog‘ozda, sakkiz xil rangdan: matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, sariq, havorang, jigarrang, kulrang va qizil ranglardan, fon uchun — oq rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi. Varaqning chap yuqori qismida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tasviri, o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri o‘ng yuqori qismida vakolatli organning nomi hamda davlat tilida kirill yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi: Sport hakamlari malaka toifasi to‘g‘risida GUVOHNOMA SH № 000000 QR-kod joyi Guvohnomaning chap qismida davlat tilida kirill yozuvida quyidagilar joylashtiriladi: hakamning familiyasi, ismi, otasining ismi; sport turining nomi; malaka komissiyasi qarori yozilgan matn; vakolatli shaxsning nomi; Guvohnoma: tartib raqami ikkita kirill harfidan “SH” va olti raqamli sondan iborat bo‘lishi; barcha matn va tasvirlar oq rangli fonda joylashtirilishi; takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘lishi; yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoqning ochiq ranglaridan iborat bo‘lishi lozim; Guvohnomaning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega bo‘ladi. QR-kod guvohnoma pastki qismining o‘ng tomoniga joylashtiriladi. Mazkur guvohnoma qog‘oz yoki elektron shaklda berilishi mumkin. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/364/0601-son) Download 188.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling