Спорт ыйинлари учун майдонлар


Download 116.5 Kb.
bet2/5
Sana14.03.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1266864
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jismoniy

Maydonchalarni tekislash

Voleybol va tennis maydonlarini tekislashda og`ish o`rta chizig`ida oxirgi bet chiziq tomonga, basketbol va qul to`pi maydonlaridagi og`ish markazi bo`ylab o`tkazilgan o`q chizig`idan yoki tomondagi chiziqlarga tomon bo`lishi kerak. Bundan tashqari vertikal tekislikga to`g`ri kelganda ayrim o`zgarishlar bo`lishi mumkin. tabl. №5.




Vertikal tekislash

Notekis joylarda sport maydonchasi qurish uchun avval ularni tekislash zarur. Tekislashda ham u joyning tuzilishiga ham mexnat sarf qilib, yer relyefini buzmasdan maydonchalarni, drenaj qurilishi hisobga olingan bo`lishi kerak.


Tekislash oldidan kartogrammasini ishlab chiqib 2x2, 3x3 kvadratlarga bo`lib, qancha chuqurlikda tuproq qozib olish yoki qancha qalinlikda tuproq solish kerakligini hisoblab chiqish zarur. Har bir kvadratni tekislashda qoziqlar qoqilib, o`lchami beriladi va undan keyin ish boshlab yuboriladi.


Maydonchalarning qoplama konstruksiyasi

1. Tekis, yumshoq, to`pning yaxshi sakrashini ta`minlaydigan, suv o`tkazuvchan va ichkarida nam saqlaydigan bo`lishligi.


2. Har qanday ob-havo sharoitiga chidamli.
3. Iqtisodiy tomondan arzon.
Maydonchalarning maxsus qoplamasi yer tuzilishi va ob-havo sharoitiga bog`liq bo`lib, eng noqulay yer loy va saqqizloy tuproqli yerlar bo`lib, ular judayam yomon suv o`tkazuvchan bo`ladi.
Bunday yerlarda maydoncha asosida shaxal tosh yetkazish bilan qurildi. Agarda qumloq va yarim qumloq yerlarda suvni yaxshi shimiy olishini hisobga olib, qoplama yupqaroq bo`lishi mumkin.
Maydonchalar yer osti suvi yaqin bo`lsa, qor-yomg`ir suvlari to`planib qolish xavfi bo`lgan vaqtda suvlarni qochirish uchun maxsus dronaj (zarur) lar o`tkazgan maqul.
Yaxshi suv o`tkazuvchan qoplamalar har xil tuproqdan tabiiy va su`niy aralashma tayyorlanadi.
Aralashma sostavi №6 tablitsada berilgan, ular mavjud tuproqlar, yer va ob-havo sharoitiga qarab belgilanadi. Sapol aralashma (1 va 2) eng mustahkam va uzoq saqlanadi. Bu tennis kortlarida ko`proq ishlatiladi. To`p yaxshi sakrashi, buzilmasligi bilan ajralib turadi.
G`isht oxak aralashmasi mustahkam va har qanday ob-havo sharoitiga chidamlidir. Aralashmalar tablitsadagi 3-4-5 grafadagidan 3 chisi qo`l to`pi va basketbol maydonlari uchun, 4 chi voleybol va badminton va 5 chisi esa tennis maydonlari uchun ishlatiladi.
Qum tuproq aralashmasi (6-7) eng arzon va oddiy bo`lib, tez buzilishi mumkin. Shuning uchun ham vaqtinchalik maydonlarda ishlatiladi. Qo`l to`pi va tennis uchun yaxshilab tekislangan, ko`lmak suvlar to`xtamaydigan chim (maysa) maydonlarda qurish mumkin.
Bunday maydonlar yumshoq va gigiyenik tomondan qulay bo`lib, ularni tez-tez sug`orib, o`rib turish tavsiya qilinadi.



Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling