Sport inshoatlari faoliyatini samarali boshqarish mexanizimini shakllantirish va rivojlantirish
Download 19.65 Kb.
|
Izzatullayev Sunnatulla Shermuxammad o\'g\'li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
SPORT INSHOATLARI FAOLIYATINI SAMARALI BOSHQARISH MEXANIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH. Izzatullayev Sunnatulla Shermuxammad o'g'li O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti Annotatsiya: Sport inshootlari sport, jumladan, ommaviy sport va jismoniy madaniyat, sog‘lom turmush tarzining moddiy-texnik asosini tashkil etadi. Sport inshootlarini barpo etmasdan, ularni takomillashtirmasdan, sportda yuqori natijalarga umid bog‘lash qiyin. «Sport inshootlari» o‘quv fani sport pedagogikasining tarkibiy qismi sanaladi. Bunda o‘quvchi va talaba yoshlar sport inshootlari, ularning turlari, ularga qo‘yiladigan talablar kabi muhim bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qiladi. Kalit so‘zlar: sport komplekslari , stadion, suzish basseyni, sportzal, otish tiri, gimnastika, yengil atletika, basketbol, voleybol, stol tennis. Abstract: Sports facilities are the material and technical basis of sports, including mass sports and physical culture, healthy lifestyle. It is difficult to hope for high results in sports without building and improving sports facilities. "Sport facilities" is a component of sports pedagogy. In this way, pupils and students acquire important knowledge and practical skills such as youth sports facilities, their types, requirements for them. Keywords: sports complexes, stadium, swimming pool, gym, shooting range, gymnastics, athletics, basketball, volleyball, table tennis. O`zbekistonda aholi yashaydigan zonalar qurilishini rejalashtirishda va qurishda yashovchilar uchun barcha sharoitlarni yaratish, kishi tabiiy turmush sharoitlaridan kelib chiqib, sport komplekslari qishloq va shahar kompozitsiyasi bir qismini tashkil etadi. Xozirgi kunda O`zbekistonda sport inshootlari qurilishi qat`iy reja asosida mamlakatning barcha territoriyalarida bir tekis joylashtirish, butun bir sport inshootlari tarmog`ini yaratish kuzda tutilmoqda. Sport inshootlari qurilishi mamlakat bo`yicha axoliga madaniy maishiy xizmat ko`rsatishni hisobga olgan holda kundalik, vaqti-vaqti bilan shug`ullanish va zarur vaqtlarda mashg`ulot bayramlar o`tkazishda differensiatsiya qilish asosida foydalanish hisobga olgan holda quriladi. Jismoniy mashqlar va sport bilan shug`ullanish rejimi undan tashqari shug`ullanuvchilar imkoniyati va ish sharoitlari hisobga olingan holda ekspluatatsiya va texnologik talablar asosida shahar va boshqa aholi yashaydigan zonalarda sport inshootlari joylashtiriladi. Texnologik talab sport inshootining egallaydigan joyi razmeri va foydalanish maqsadida qarab aniqlanadi. Ikkinchidan shaharlar qurilishi normativlaridan kelib chiqib sport inshooti egallaydigan maydon joyni hisobga olgan holada aniqlanadi. yuqorida keltirilgan normativ talab asosida har 1000 kishiga hisoblagan holda belgilanadi. Bizning shaxarlarimiz strukturasi uning aholi yashovchi rayonlarga bo`lish bilan aniqlanadi, ya`ni har birining maydoni 250 ga aholisi esa 20000 dan 100000 kishini, mikrorayonlar rayonlar maydoni 50 ga, aholisi 2000 dan 20000 gacha bo`lsa, mikrorayon ichini ham uylar guruhlarga bo`linib, ularning maydoni 1500-3000 kishini tashkil qilishi kerak. Shahar statusi aholisi 20000 dan oshgan aholi punktlariga beriladi. Sport inshoot sanoati aholi punktlarini 7000 va 14000 kishi yashaydigan posyolkalarga bo`linadi. Qishloq joylarda aholi yashaydigan zonalar quyidagicha bo`linadi: Qishloq xo`jalik rayoni markazlari aholisi 15000 kishini tashkil qilish kerak. Kolxoz va sovxoz markazlari aholisi 2000-5000 kishi ishlab chiqarish bo`limlari aholisi 2000 kishigacha. Sport inshootlarini qurishni rejalashtirishda aholi yashash joylariga maksimum yaqin bo`lishini hisobga olish zarur. Har bir sport inshootiga piyoda borish yoki transport xizmatidan foydalanish kerakligi hisobga olinishi kerak. Sport inshootini qurishni hisobga olish va rejalashtirishda mashg`ulot davomiyligi, ya`ni III va II razryadli sportsmenlar 1,5 -2,5 soat yuqori razryadli sportsmenlar uchun 2,5 – 3,5 soat sistematik shug`ullanishi hisobga olinadi. Shunga muvofiq kichik razryadli va ommaviy jismoniy tarbiya bilan shug`ullanuvchilar uchun piyoda 20 minutda yetib borish, katta klasdagi sportchilar uchun esa masofa 25-35 minut transportda yetib borish mumkin bo`lishi kerak. ko`p bosqichli sport inshootlari tarmog`i quyidagicha bo`lishi mumkin. 1. Mikrorayonlardagi kundalik mashg`ulotlar uchun mo`ljallangan sport inshootlari ko`p bosqichi. Piyoda 5-7 minutda yetib borish bilan 50-500 metr radiusdagi zonaga xizmat ko`rsatadi. Bunga kompleks sport maydoni, ya`ni gimnastika, yengil atletika, basketbol, voleybol, stol tennisi joylashgan bo`lib, maydonni 1200 m2 tashkil qiladi. Mikrarayonlar kompleksi loyixasi sostavida: a) 7 yoshgacha bolalar uchun. b) 7-10 yoshli bolalar uchun v) 11-17 yoshli o`smirlar va katta yoshli aholi uchun maydonlarni o`z ichiga olishi kerak. 2. Rayon miqyosidagi inshootlar bolalar va katta yoshdagi aholi bilan sistematik mashg`ulot o`tkazish uchun birlashgan fizkultura sport markazi loyixasi 20 minutda yetib borishga mo`ljallab turiladi. 3. Rayonlararo sport seksiyalari va umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg`ulotlari o`tkazish inshootlari rayonlararo sport markazlari transportida 20 minutda borib yetish mumkin bo`lgan zona qurilishi loyixada xisobga olinishi zarur. 4. Umumiy shahar sport komplekslari, ayrim zallar, basseyinlar va stadion va boshqa inshootlarni loyixalashda jamoat transportida 30 minut ichida yetib borish mumkin masofada quriladi. Shaxarlardagi sport inshootlarini sostavi, soni va qurilish bo`ladigan joyini kengligi shahar va qishloq qurilishi general planida aniq ko`rsatiladi. yuqorida aytilgan 7 yoshgacha, 7-10 yoshga va 11-17 yoshdagi bolalar uchun sport komplekslari aholi yashaydigan guruh uylar huzurida bo`lishi va bog`lar, xiyobonlar va xovlilarda joylashishi kerak. Bunday maydonlar xo`jalik obyektlari, kommunikatsiyalaridan, ko`cha va yo`ldan kamida 20 metr chetda bo`lishi kerak. Ayri vaqtlarda maktab sport kompleksida tutish joylashtirish ham mumkin. komplekslar rayonlararo xizmat ko`rsatadigan bo`lsa, ular bog`larga va boshqa madaniy markazlarga yaqin, kommunikatsiyalardan, kasalxona va avtotransport magistrlaridan chetroqda bo`lishi maqsadga muvofiq. Transport bekatlari 50 metr uzunlik to`lmasligi kerak. 2. Qishloq joylarda sport inshootlari xozirgi davrda har bir aholi punktida sport kompleksi yoki kompleks sport maydonlari tipida quriladi. Chunki bu kompleksda bir vaqtda sportning bir necha turi bilan shug`ullanish mumkin. Sport kompleksi maydoni va xajmi aholi soniga kirib belgilanadi. Kompleksda futbol, voleybol, basketbol, yengil atletika va boshqa turlar uchun sharoit yaratiladi. Undan tashqari «Alpomish va Barchinoy» kompleksi milliy sport turlari uchun ham sharoit yaratilishi zarur. Qishloq joylardagi sport komplekslari uch guruhga bo`linadi: Rayon markazidagi sport kompleksi, kolxoz-sovxoz va ishlab chiqarish bo`limlarida sport maydonlari bo`linadi. Rayon markazidagi komplekslar uchun 5-6 ga, kolxoz-sovxoz markazida 35-45 ga va bo`limlarda 1-2 ga joy ajratiladi. Hozirgi davr amaliyotida rayon sport kompleksi sostavida: stadion, suzish basseyni, sportzal, otish tiri, boshqa sport o`yinlar maydonlar qo`shimcha inshootlar bo`lishi kerak. Kolxoz-sovxoz sport komplekslarida sport ariyenasi tribunalari bilan yoki kichkina stadionlar, sport o`yinlari uchun maydonlar, basseyn, sportzallar, tir va boshqalar bo`ladi. Bularda esa futbol maydoni, voleybol, basketbol, qo`l to`pi maydonlari yengil atletika sektor iva boshqalar bo`lishi kerak. 3. Aholi yashash joylarida sport inshootlari sport o`yinlari uchun maydonchalar, basseyinlar, kichgina sport zallar, podvallarda joylashgan sportzallar va x.k. 1) Zona otdixlar va ulardan sport bazalari. 2) Uylar o`rtasidagi sport maydonchalari. 3) Istiroxat bog`lari yaqinida sport maydonlari. 4. Stadionlar eng yirik sport kompleksi hisoblandi. Stadionlar Sobiq ittifoqda da va chet mamlakatlarda 80000-100000 tomoshabinlarni sig`dirish mumkin bo`lgan tribunalarga egadir. Bizda lekin nomli stadion 103 ming, Varshava, Budapesht, Berlin va ko`pchilik stadionlar 100000 tomoshabin sig`diradi. Rio-da Janeyro (Braziliya) dagi stadion «Marakana» stadioniga 205 ming kishi joylashadi. Katta shaxarda har 1000 kishiga 0,35 ga yer ajratilib stadion va boshqa inshootlar quriladi. Kichkina stadionlar 5-10 ga yerga qurilib 2000-7000 ga o`rinli bo`ladi qishloqlarda 3,5 ga yer ajratiladi. Aholisi 150 dan 200 mingacha bo`lgan shaharda yer maydoni 15-20 ga yer ajralib, tribunaga 10-12 ming tomoshabin joylashadi. Katta stadionlar 25 ga yerga joylashgan bo`lib, kamida 25 ming o`rinli tribunaga ega bo`ladi. Stadionlar gineral rejasi Sport zonasi. O`quv-sport zonasi. Admnistirativ xo`jalik zonasi. Dam olish va umumiy jismoniy tayyorgarlik zonalari belgilanadi. Maktab sport inshootlari Sport maydonlari va maydon turlariga qarab 7 turga bo`linadi: Birinchi tipdagi maydonga: Bu maydonda o`quv ishlari va yengil atletika, voleybol, basketbol bo`yicha musobaqalar o`tkazish mo`ljallanadi. Uni sostavida: Yugurish yo`llari 135 m bo`yiga, eniga 7,5 metr. Aylanma yo`lak 200 metr, eni 5 m. 4 yo`lak. 2 ta sakrash chuqurchasi 2,75x6 m. Yadro irg`itish joyi. Sakrash uchun universal chuqurlik, ya`ni uzunlik va balandlikka sakrash. O`rnidan turib sakrash. Gimn. stenka (narvon). Voleybol maydoni. Basketbol maydoni. Yengil atletika quvvati 80-100 kishini, sport o`yinlaridan 40-50 kishi yetadi. II tipdagi maydoncha O`quv ishlarining gimnastika bo`limiga bag`ishlanadi. Uning sostavi. 1. Aralash qurilmada gimnastik snariyadlar joylashgan bo`lib, kolse, trinpsiya, kanatlar, shest, gimn, narvon va perekdadine. 2. Gimn. narvon 12 qator. 3. Egiluvchan gimn. stenka. 4. Suyanib sakrash uchun 5x15 m chuqur uzunlikka sakrash uchun ham foydalanish mumkin. hamma maydoni 600 m2 bir vaqtda 40-50 odam shug`ullanishi mumkin. III tipdagi maydoncha O`quv ishlari uchun mo`ljallangan bo`lib, futbol, qo`l to`pi va diska, kopya, granata va to`p uloqtirish uchun maydonchalarni o`z ichiga oladi. Uning sostavi: 1. Futbol maydoni 40x60 m shuning ichida 2 qo`l to`pi maydoni joylashadi. (20x40m) diska uloqtirish joy. Futbol maydoni tomon otiladi. Umumiy maydoni – 2950 m2. III A, IIIB shunga o`xshash, maydonchalar yanada kombikirovat qilinadi. Umumiy maydoni 1950-4390 m2. IV tip maydoncha voleybol va basketbol maydonchalari joylashadi. Umumiy maydoni 540 m2. U tip maydoncha: voleybol va basketbol maydoni bo`lib, bir vaqtda shug`ullanishi mumkin. Umumiy maydoni – 480 m2. VI tip maydoni. Stol tennisi uchun 8 x18 m. 4 ta stol quyilib, 15-25 kishi shug`ullanadi. VII tip maydoni faqat voleybol uchun maydon 15x24 m. Bir vaqt 15-25 kishi shug`ullanishi mumkin. YIII tip maydoni: gimnastik shaharcha maydoni 800 m2. Bir vaqtda 35-40 kishi o`quv darsida, 15-20 kishi. Shunday qilib 6 tipdagi sport ariyenasi mavjud. 1. Futbol maydoni atrofida chopish yo`lagi. Voleybol va basketbol maydoni, balandlikka va uzunlkka sakrash chuqurchalari, yengil atletika sektorlari bo`ladi. Sport yadrosi razmeri 67,5x150 m. 2. Tip sport yadrosi xuddi 1 s.ya. uxlash faqat futbol maydoni 40x80m. chopish yo`lagi – 300 m. umumiy maydoni 60x136 m. 3. Tip s. yadrosi f.m. 35x70 m. chopish yo`lagi uzunligi 250 m. umumiy maydoni 50x116 m. 4. Tip s.yadrosi futbol maydonisiz qurilib 43x83,5 m. joyga quriladi. 5. Tip s.yadrosi futbol maydonisiz qurilib chopish yo`lak-150 m. radius povragi V.M. Virajlar orasidagi masofa 33,2 m. Umumiy maydoni 37x73 m. VI Tip s.ya. yo`lagi 125 m. burilish joyi radiusi 10 m. markaz burilish chizig`i orasi 30,14 sm. umumiy maydoni 33x63 m. O`rta va Oliy maxsus o`quv yurtlari sport inshootlari O`rta maxsus o`quv yurtlari sport inshootlari 16, 24, 32, 48 va 64 o`quv guruxiga mo`ljallab student soni 480, 720, 960, 1440 va 1920 kishini tashkil qilishi hisobga olinadi. Bir aholi punktida o`quv yurtlari yagona sport markazi tashkil qilishi mumkin. 4 tip sport zallari loyixasi tuziladi: 18x36x8 m. 1920 o`quvchiga 18x30x7 m. 960-1440 o`quvchiga, 12x26x6 m, 480x720 o`quvchi 9x18x5 m. zal. Undan tashqari o`quv turi, IIx25 m. basseyin plantashtiriladi. Umumiy maydoni, 4900 m2, 9600 m2, 4390 m2 va 2950 m2 maydonlarda o`yin maydonlari quriladi. V U Z I Oliy o`quv yurtlariga 1000-4000 studentga ega bo`lgan (kunduzi bo`limda) gumanitar VUZ lar va 2000-10000 studenti universitet va texnik vuzlarga rasmiy qilinadi. - Sport o`yinlari uchun zal 24x42m. - Gimn. zal 18-36 m. student soniga zallar 2,3 va 4 ta bo`lishi mumkin. 2000 studenti bo`lgan Vuzga 18-36 m. zalga qo`shimcha 18-18 m. zal quriladi. Sport maneji 30-126 m. yo`lagi bilan 200 m basseyin 25x58 m. Futbol maydoni 63-94 m. 2000 studenti bo`lgan Vuzga uchun qo`l to`pi maydoni, gimn shaharchasi. 4 tennis maydoni, 3 voleybol maydoni, 2 basketbol maydoni va x.k. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Xodjayev M.S., Tolemetov A.A., Nurmuxammedov A.M., Umarov J.X. Sport inshootlari. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent, 2007. 2. Xolmirzayev E.J. Sport o‘yinlari va o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent, 2011. 3. Nigmanov B.B., Xodjayev P., Raximqulov K.D. Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent, 2011. 4. Mirzakulov Sh.A., Azizov N., Nurshin J.M. Milliy kurash musobaqalarini o‘tkazish qoidalari. –Toshkent, 1993. 5. Николеенко А.В. Спортивные сооружения. Справочник для факултета физкултуры пединститута. M., Просвещение, 1976. Download 19.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling