О ‘yiniing qoidalari.
1. O'yin boshlanishidan oldin onaboshilar
o ‘z o'yinchilarini juft-juft yoki yakka-yakka qilib qidiruv maydoniga
joylashtirishlari kerak. 2. Oq tosh topilganidan keyin uni yashirish
mumkin emas, ya’ni toshni faqat maydon ichida olib yurishga
ruxsat
etiladi.
3.
Qo‘lga tushgan,
ya’ni
qarshi
komanda
o'yinchisining qo‘li tekkan o'yinchi o ‘sha o'yinchiga toshni berishi
va o'zi qo'lga tushgan joyida to ‘xtab olishi kerak. Uni o‘z
komandasining o ‘yinchilaridan birontasi qutqarishi mumkin. 4. Oq
toshm faqat o'yin maydoniga yashirish mumkin.
1
6 ‘yinning t a ’lim-tarbiyaviy ahamiyati.
Bu o‘yin o'quvchilarda
jamoa oldidagi mas’uliyatni sezish hamda o‘zaro o'rtoqlarcha
munosabatda
bo'lish
hissini
tarbiyalashga
yordam
beradi.
Shuningdek, o'yinda eng zarur jismoniy va axloqiy-irodaviy xislatlar
takomillashib boradi.
Metodik ко ‘rsatmalar.
Oq toshni qarshi komanda o'yinchilari
osonlik bilan topa olmaydigan qilib yashirish kerak.
O'yin yalangalikda, maydonchada juda qiziqarli o‘tadi. Ayniqsa,
bayramlarda bu o‘yindan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.
5.12.5. 0 ‘rmon
-
botqoq
-
dengiz
О ‘yinga tayyorlanish.
Maydonchaning qarama-qarshi tomonlari-
da ikki komanda o'yinchilari bir-biriga yuzma-yuz saflanib turadilar.
Ular tartib bilan sanab chiqadilar va o'z nomerlarini esda saqlab
qoladilar. Komandalar o'rtasidagi maydonchaga qator qilib har xil
rangdagi uchta chambarak qo'yiladi. Ko'k chambarak — o'rmon,
sariq chambarak — botqoqlik, havorang chambarak — dengiz
bo'ladi.
О yinning tavsifi.
Tarbiyachi o'yinchilardan birining nomerini
aytib, unga biror nomni qo'shib, masalan: “Beshinchi — akula!” deb
chaqiradi. Ikkala komandaning beshinchi nomerli o'yinchilari ko'k
chambarakdan joy olishi kerak. Birinchi bo'lib chambarakka kelib
turgan o'yinchi o'zining komandasiga bir ochko keltiradi. So'ng
boshqa nomerli o'yinchilar chaqiriladi. Masalan: “Uchinchi —
o'rdak!” Uchinchi nomerlar (botqoqni bildiruvchi) chambarakka
qarab yuguradilar va hokazo. Eng ko‘p ochko to'plagan komanda
yutgan hisoblanadi.
185
Do'stlaringiz bilan baham: |