5.12.4. Oq tosh
O'yinda 10 dan 40 nafargacha o'quvchi qatnashishi mumkin.
O'yin katta yalanglikda, sport maydonchasida yoki zalda o'tkaziladi.
O'yinni o'tkazish uchun oddiy oq tosh kerak.
О yinga tayyorlanish.
O'ynovchilar ikki komandaga bo'linadilar.
Hap bir komandaga onaboshi tayinlanadi. O'yin
boshlanishidan
oldin o'yin rahbari yoki o'yinda qatnashayotgan o'z o'quvchilardan
biri oq toshni belgilangan joyga yashiradi.
0 ‘yinning tavsifi.
Rahbar signal berishi bilan o'quvchilar toshni
qidirish uchun oldindan belgilangan maydonga tarqalib ketadilar.
Toshni topgan o'yinchi
uni qarshi; komanda o'yinchilariga
sezdirmasdan o'zi yoki sheriklari bilan qo'ldan-qo'lga uzatib, o'yin
rahbariga olib kelib berishi kerak. Agar qarshi komanda o'yinchilari
tosh topilganini sezib qolsalar, uni qo'lga tushirishga urinadilar.
Toshni olib borayotgan o'yinchiga qarshi komanda o'yinchisi qo'lini
tegizib qolsa, tosh o'sha o'yinchiga
beriladi va u ham toshni
sheriklari orasida qo‘lma-qo'1 uzatib o'yin rahbariga yetkazish
uchun harakat qiladi.
184
Komandalardan biri toshni о‘yin rahbariga olib
kelib berganidan
keyin o ‘yin to'xtaydi. Toshni rahbarga keltirib beigan komanda
g‘olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: