Oyinning qoidalari.
1. Faqat signal berilgandan keyingina
chiziqdan o'tib, arqon tomonga yugurish mumkin. 2. Har bir jamoa
arqonni talashayotgan vaqtda uning rangli lattagacha bo'lgan bir
qismicfan, ya’ni arqonning yarmidan ushlashi mumkin. 3. Arqon
faqat qo'l bilan tortiladi. 4. Oyoqni tirash uchun yerni yumshatish,
chuqurchalar o'yish, qo'llar bilan yerga tayanish, arqonni oyoqlar
orasiga qistirish, yerga o'tirish yoki yotish mumkin emas. Shu
qoidalarni buzib, arqonni o'z tomoniga tortib o'tqazgan jamoaning
yutug'i hisobga olinmaydi.
Pedagogik ahamiyati.
Bu o'yin bolalarda tez harakat qilishni,
tezlik, chaqqonlikni, sabr-toqat bilan harakat qilishni tarbiyalaydi.
O'yin ko'proq jamoa bo'lib harakat qilish, chidamlilik malakalarini
oshirishga yordam beradi.
Metodik к о ‘rsatmalar.
Bu o'yinda o'quvchilaming kuch va
chaqqonligini oshirishga, birdamlik bilan harakat qila olishlariga
erishish lozim. Uni o'g'il bolalar bilan ham, qiz bolalar bilan ham
(alohida-alohida) o'tkazish mumkin.
6.8. Nina, ip va tuguncha
O yinga tayyorlanish.
O'ynovchilar qo'l ushlashib, aylana hosil
qilib turadilar. Uchta o'ynovchi aylanadan tashqarida ketma-ket
turadi.
Bulaming oldingisi “ninacha”,
ikkinchichi “ip” va
uchinchisi “tuguncha” bo'ladi.
Oyinning tavsifi.
Nina har tomonga yugurib yuradi. Ip bilan
tuguncha ham uning ketidan ergashib yurishadi. Agar ip chigallashib
(boshqa tomonga ketib) olsa yoki uni tuguncha ushlasa, o'yin
qaytadan boshlanadi va yangi nina, ip hamda tuguncha tayinlanadi.
Oyinning qoidalari.
O'ynovchilar qo'llarini ko'tarib, nina, ip va
tugunchaga yo'l ochib turishlari lozim.
Pedagogik ahamiyati.
O'yin bolalarda intizomni, diqqatni,
sezgirlikni rivojlantirishga yordam beradi.
193
Do'stlaringiz bilan baham: |