Sport ishlari vazirligi


b. 88 4.1. 0 ‘qituvchining o'yinga tayyorlanisbi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

66
b.
88


4.1. 0 ‘qituvchining o'yinga tayyorlanisbi
O'yinni tanlash. Yaxshi tanlangan o'yin ta ’lim va tarbiya mu- 
vaffaqiyatining muhim shartidir. O'qituvchi o'yinni o'tkazishga 
tayyorlanishda o'yinga qatnashuvchilarniiig tarkibini, yosh xususi- 
yatlarini, shuningdek, jismoniy tayyorgarlijgini hisobga olib, darsning 
asosiy vazifalarini belgilashi zarur. Ba’zah yaxshi o'yin tanlansada, 
lekin u yomon o'tishi mumkin. Bunday hollar tanlangan o'yin 
ishtirokchilarining qiziqishi va havaslariga mos kelmasligi natijasida 
ro'y beradi va tarbiyaviy vazifalar amalga oshmaydi.
O'qituvchi o'yinni tanlashda mashg'ulot qanday shaklda 
o'tkazilishini (dars tarzida o'tkazilsa, o'yin uning birinchi, ikkinchi 
yoki yakunlovchi qismida o'tkaziladi) 
bilishi kerak. 
O'yin 
o'tkaziladigan joy (sport zali yoki maydoncha, koridor va h.k.), ob- 
havo va harorat hisobga olinishi kerak. Agar o'yin qishda 
o'tkaziladigan bo'lsa, o'quvchilarni faollashtiradigan va jismoniy 
yuklamalarni bir tekisda taqsimlaydigan serharakatroq o'yinlar 
tanlanishi kerak.
4.1.1. 0 ‘yinni o ‘tkazish shart-sharoitlari
1. Awalo, kerakli asbob-uskunalar, masalan, arqondan, jundan, 
lentadan, rezinadan yasalgan koptokchalar (rezina koptokchalar 
yuqori haroratda tarangligini yo'qotmasligi uchun salqin joyda 
saqlanadi), voleybol va basketbol to'plari, irg'itish uchun uzunligi 
1 
m
tayoqlar, arqon, belbog'lar, bayroqchalar, taxtachalar, bolg'a, 
aptechka va boshqalar, ko'z og'rig'i kasalidan saqlanish uchun har 
bir o'quvchining ko'z boylagichi bo'lishi kerak.
2. O'yin o'tkaziladigan maydoncha, yaylov tekis bo'lishi, tikan, 
toshlar, shisha siniqlari va boshqa keraksiz narsalardan tozalanib
toza tutilishi lozim.
3. Mashg'ulot o'tkazilayotgan paytda maydonchada begona 
kishilar bo'lmasligi kerak. Chunki ular bolalarning xayolini bo'ladi 
va ularni o'yindan chalg'itib, ortiqcha harakatlar bo'lishiga majbur 
etadi.
IV bob. O'YIN RAHBARIGA QO'YILADJGAN TALABLAR
89


4. Maydonchani asbob-uskunalar bilan ta ’minlash, bundan 
tashqari u yerdagi tabiiy buyum va narsalardan ham foydalanish 
zarur.
5. 0 ‘yinlarni o‘tkazishda quyidagi gigiyena qoidalariga rioya 
qilinishi lozim:
a) o'yin paytida kiyiladigan kiyim harakatlami qiyinlashtirmay- 
digan, yengil bo'lishi kerak;
b) yozda o'yindan so‘ng yuvinish joyi bo'lish, o'yin boshla- 
nishidan oldin maydonchaga suv sepilishi lozim.
6
. O'yinlar suvda o'tkazilsa, o'ynovchilar shamollab qolmasligi 
uchun ulaming suvda bo'ladigan vaqti chegaralanishi kerak.
j

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling