ikkinchi o'yinchilar esa uchinchilariga va hokazo. Bu ishni
xatoga
yo'l qo'ymasdan, tez, aniq bajargan jamoa yutgan hisoblanadi.
Agar
o'yinchi raketka ustidan to'pni
tushirib yuborsa, uni ko'tarib olib,
tushixgan joyidan o'yinni davom ettiradi.
5.5. Qo‘l to‘pi
5.5.1. Qal’ani himoyalash
O'yin maydonchada yoki zalda o'tkaziladi. Uni o'tkazish uchun
uchta gimnastika tayoqchasi va bitta (voleybol to'pi kerak bo'ladi.
Agar o'ynovchilar soni 30 nafardan oshib ketsa, asbob-uskunalar
miqdori ikki baravar ko'paytirilishi lozim .
O'yinga tayyorlanish.
Hamma o'ynovchilar
oralarida bir quloch-
dan masofa qoldirib, aylana hosil qilib turadilar. Ularning oldidan
yerga aylana chiziladi. Uning markaziga
har binning uzunligi bir
metrdan va yuqori uchlari birlashtirib bog'lab qo'yilgnn uchtn
tayoqdan iborat qal’a qo'yiladi. Bitta o'yinchi qal’ani himoya qilish
137
uchun doira o'rtasiga tushadi. Aylana
hosil qilib turganlarning
qo'lida voleybol (yoki gandbol) to'pi bo'ladi.
O'yinning tavsifi.
O'ynovchilar rahbar signal bergan zahoti
qal’ani to'p bilan ura boshlaydilar. Himoyachi qal’ani o'z gavdasi
bilan
berkitib, hamma to'pni qo'l va oyoqlari bilan urib qaytarib,
hujumga qarshilik ko'rsatadi. Qal’ani qulata olgan o'yinchi
himoyachining o'miga tushadi, himoyachi esa qatorga kelib turadi.
O'yin belgilangan vaqt davomida o'tkaziladi. O'yin oxirida
boshqalarga qaraganda qal’ani uzoqroq vaqt davomida qo'riqlay
olgan
eng yaxshi himoyachilar, juningdek, eng yaxshi mergan va
ziyrak o'yinchilar g'olib deb topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: