5.4.6. Yoy va o‘q
O'yinni
sport zalida, maydonchada, o'tloq
joyda yoki yalang-
likda o'tkazish mumkin. Bu o'yin uchun yasama yoy o'qi va yoy,
nishonli faner taxtalar kerak.
O'yinda 12 kishigacha qatnashish mumkin. Har bir o'yinchida 5
tadan o'q bo'lishi kerak.
Oyinning tavsifi.
Otish chizig'idan 20 metr nariga nishonli
fanerlar o'rnatiladi yoki osib qo'yiladi. O'yin
rahbari signal berishi
bilan o'yinchilar chiziqqa keladilar va o'qlami nishonlarga otadilar.
Nishonlar 3 xil radiusli bo'ladi:
a)markaziy radius — 10 ochko;
b)
o'rta radius — 6 ochko;
c)katta radius — 0 ochko.
Keyin ochkolar hisoblab chiqiladi. Ko'p ochko to'plagan
o'yinchi yoki jamoa (agar o'yin jamoalar o'rtasida o'tkazilsa) g'olib
hisoblanadi.
Oyinning qoidasi.
O'ynovchi ikki holatda, ya’ni
tik turib va tiz
cho'kib turib otish kerak.
5.4.7. Nishonga urish
O'ynovchilar ikki jamoaga bo'linadilar. Har bir jamoada 6 nafar
o'g'il bola va 4 nafar qiz bola qatnashadilar. Ular nishondan 8-10
metr nariga
saflanib turadilar, o'yinchilarda ikkitadan tennis koptogi
bo'ladi. O'qituvchining signalidan keyin o'ynovchilar “otish”
chizig'iga chiqadilar (qizlar 8 metr, o ‘g‘il bolalar esa 10 metr
masofaga) va ikki marta nishonga otishni bajaradilar (har bir jamoa
uchun 5 tadan nishon bo'lishi kerak).
Qaysi jamoaning o'yinchilari nishonga ko'p tegizsa, o'sha jamoa
yutgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: