Sport ishlari vazirligi


Oyog'ing tagida osh taxta


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Oyog'ing tagida osh taxta,
Ко ‘zingga qumu, paxta.
Shu so'zni aytib bo'lganlaridan so'ng orqalariga qaramaydilar, 
qolgan o'yinchilar esa har tomonga tarqalib yashirinib oladilar.
Yashirinib olganlaridan so'ng ular turli joylarga, chuqurlarga, 
butalarga, daraxtlar, predmetlar orasiga yashirinishlari mumkin. 
Shundan so'ng o'yinboshilar yashiringan o'yinchilarni maydon 
o'rtasiga olib keladilar. Agarda yashiringan o'yinchilarni bitta yoki 
ikkitasini topolsalar, unda o'yinboshilar o'rtaga chiqib, “Biz 
yengildik” - deb aytadilar, maydon o'rtasiga olib keladilar.
Pedagogik ahamiyati.
O'yin bolalarda diqqat-e’tiborni, sezgirlik 
qobi-liyatlarini tarbiyalaydi. O'yin chidamlilik, epchillik, tezkorlik
aniq mo'ljal olish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. 
O'yinni o'ziga xos harakati sekin bildirmasdan yurishdir.
6.16. “Urib qochdi” o‘yini
Oyinga tayyorlanish.
O'yin yoshlarda chaqqonlikni, tezkorlik, 
oyoq va qo'llami birday ishlatishga o'rgatadi. O'yin uchun bir dona 
ko'rpacha, 10 
m
li arqon tayyorlanadi. Guruh yoki jamoaga bo'linib 
o'ynasa bo'ladi. O'ynovchilarning hammasida ro'moldan qilingan 
durra bo'lishi lozim.
О 
yin tavsifi.
Bir kishi maysa yoki chimzor ichiga yotadi, uning 
ustiga ko'rpa yopilib, qo'liga 10 
m
li arqon ushlatib qo'yiladi, 
Arqonni bir uchi qo'riqlovchining o'zida bo'ladi. Qo'riqlovchida 
(ham hakam yoki o'yinboshi vazifasini bajaradi) ham durra bo'ladi. 
Jamoalar navbat bilan yotgan o'ynovchini durra bilan urishga yoki 
oyoq 
bilan 
tepishga 
harakat 
qiladi. 
Qo'riqlovchi 
ularni 
yaqinlashtirmaslikka harakat qiladi, durra bilan uradi yoki oyog'i 
bilan tepadi. U kimni durra bilan ursa yoki oyog'i bilan tepsa 
o'ynovchi ko'rpa ostiga yotqiziladi. Shuning uchun o'ynovchilar 
yotgan o'ynovchini urib, birdan qochishlari, tutqich bermasliklari va 
belgilangan chegaradan chiqib ketishlari kerak. Jamoa a’zolaridan 
biri qo'lga tushsa, jamoalar joylarini almashadilar.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling