Oyog'ing tagida osh taxta,
Ко ‘zingga qumu, paxta.
Shu so'zni aytib bo'lganlaridan so'ng orqalariga qaramaydilar,
qolgan o'yinchilar esa har tomonga tarqalib yashirinib oladilar.
Yashirinib olganlaridan so'ng ular turli joylarga, chuqurlarga,
butalarga, daraxtlar, predmetlar orasiga yashirinishlari mumkin.
Shundan so'ng o'yinboshilar yashiringan o'yinchilarni maydon
o'rtasiga olib keladilar. Agarda yashiringan o'yinchilarni bitta yoki
ikkitasini topolsalar, unda o'yinboshilar o'rtaga chiqib, “Biz
yengildik” - deb aytadilar, maydon o'rtasiga olib keladilar.
Pedagogik ahamiyati.
O'yin bolalarda diqqat-e’tiborni, sezgirlik
qobi-liyatlarini tarbiyalaydi. O'yin chidamlilik, epchillik, tezkorlik,
aniq mo'ljal olish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
O'yinni o'ziga xos harakati sekin bildirmasdan yurishdir.
6.16. “Urib qochdi” o‘yini
Oyinga tayyorlanish.
O'yin yoshlarda chaqqonlikni, tezkorlik,
oyoq va qo'llami birday ishlatishga o'rgatadi. O'yin uchun bir dona
ko'rpacha, 10
m
li arqon tayyorlanadi. Guruh yoki jamoaga bo'linib
o'ynasa bo'ladi. O'ynovchilarning hammasida ro'moldan qilingan
durra bo'lishi lozim.
О
yin tavsifi.
Bir kishi maysa yoki chimzor ichiga yotadi, uning
ustiga ko'rpa yopilib, qo'liga 10
m
li arqon ushlatib qo'yiladi,
Arqonni bir uchi qo'riqlovchining o'zida bo'ladi. Qo'riqlovchida
(ham hakam yoki o'yinboshi vazifasini bajaradi) ham durra bo'ladi.
Jamoalar navbat bilan yotgan o'ynovchini durra bilan urishga yoki
oyoq
bilan
tepishga
harakat
qiladi.
Qo'riqlovchi
ularni
yaqinlashtirmaslikka harakat qiladi, durra bilan uradi yoki oyog'i
bilan tepadi. U kimni durra bilan ursa yoki oyog'i bilan tepsa
o'ynovchi ko'rpa ostiga yotqiziladi. Shuning uchun o'ynovchilar
yotgan o'ynovchini urib, birdan qochishlari, tutqich bermasliklari va
belgilangan chegaradan chiqib ketishlari kerak. Jamoa a’zolaridan
biri qo'lga tushsa, jamoalar joylarini almashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |