Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

6.19. “Lanka” o‘yini
O yinga tayyorlanish.
Qo'y yoki echki terisidan qirqib olib, tagi- 
ga og'irroq narsa yoki qo'rg'oshin yopishtirib, lanka yasash mumkin.
О ‘yin tavsifi.
O'yinchilar juft-juft bo'lib yoki guruh-guruh bo'lib 
o'ynashlari mumkin. 5-10 ta oddiy tepishdan so'ngra 5-10 sach, 5-10 
lurdan boshlanishi kerak. Bular hammasini tushirmasdan bajarib 
bo'lgandan keyin keyingi o'yin boshlanadi. Agarda o'yinchi qo'yilgan 
vazifani oxirigacha yetkaza olmasa, o'yinni navbatdagi o'yinchi 
boshlashi mumkin. Berilgan vazifalarni to'liq va aniq bajaigan 
o'yinchilar g'olib chiqadi. Bu o'yin epchillik, chaqqonlik, tezkorlik, 
chidamlilik, sakrovchanlik sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
О 
yin qoidalari.
1. Har bir harakat ketma-ketlikda bajariladi. 2. 
O'yinda dam olib yoki ilib olish bilan bajarish man etiladi. 3. 
Yutqazgan o'yinchichlar esa sh’er yoki ashula aytib berishlari
raqsga tushishlari mumkin.
Oyinning pedagogik ahamiyati.
O'yin bolalarda jasurlik, botirlik- 
ni, koordinatsion harakatlanishni tarbiyalaydi. O'yin sakrovchanlik
chaqqonlik va chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi.
201


6.20. “Danak yashirish” o ‘yini
O'yinga tayyorlanish.
O'yin bolalar bilan ayni o'rik pishgan 
vaqtda aylanib, ularni awaylab-asrash, taslilab yubormasdan, uni 
yig'ish kabi odatlarni shakllantiradi. Bu o'yinni juft-juft yoki 
guruhlarga bo'linib o'ynasa ham bo'ladi. O'yinni birinchi bo'lib kim 
boshlanishini aniqlash uchun o'yinchilardan biri qo'liga bir danakrii 
yashiradi, uni topgan o'ynovchi boshlaydi.
0 ‘yin tavsifi.
O'yin galini olgan o'yinchi qo'liga siqqancha 
danak oladi va deydi: 
Chanta-chanta, 
danaklarim nechta? 
O'ynovchilardan har kim o'z chamasini aytadi. Keyin danak 
yashirgan bola qo'lini ochadi va hamma danakni oladi, kam aytgan 
ham, ortiq aytgan ham farqini danak bilan to'laydi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling