6.22. “Darra” o ‘yini
I
0 ‘yinga tayyorlanish.
O'yin bolalarda hushyorlik va tezkorlikni
tarbiyalaydi. Diametri 15-20 metrli doira chiziladi. Uning ichiga 2-3
m
bo'lgan yana bitta doira chiziladi. Qur’a tashlab, o'yin boshlanishi
aniqlanadi. Doiraning o'rtasida o'yinboshi joylashadi. Uning qo'lida
eshilgan arqon (ip yoki ro'mol). O'ynovchilar katta doira bo'ylab
joylashadilar.
1
0 ‘yin tavsifi.
O'yinboshi doiraning o'rtasida tizzasiga boshini
qo'yib uxlaydi. Bitta yoki bir nechta o'ynovchi uni turtib uyqudan
o'yg'otadi. U tezda joyidan turib, darra bilan o'ynovchilami
dog'lashi kerak. O'ynovchilar o'yinboshiga dog'latmasdan katta
doiradan chiqib ketishlari lozim. Agar o'yinboshi o'ynovchini, uni
kichik doiraga o'tqazib qo'yyadi. Endi o'ynovchilar dog'langan
o'ynovchini qutqarishga harakat qiladilar. O'yinboshi esa uni
qo'riqlaydi, u o'yinboshi bironta o'yinchini dog'lasa, uni ham
birinchi dog'langanning yoniga o'tkaziladi. O'yin bitta ham
dog'lanmagan o'yinchi qolmaguncha davom etadi.
0 ‘yin qoidalari.
1. O'yinboshini darrani siltab qattiq urib
bog'lamasligi kerak. 2. O'yinboshining katta doiraga kirishi man
qilinadi. 3. Bog'langanlar tinch, qo'zg'almasdan o'tirishlari shart.
Oyinning pedagogik ahamiyati.
O'yin bolalarda hushyorlik,
sezgirlik, tezkorlik malakalarini tarbiyalaydi. O'yin kuch, tezkorlik,
chaqqonlik, chidamlilik sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
O'yinning o'ziga hos harakati tez yugurishdir.
6.23. “Chavandoz” yoki “Kichik uloq”
Oyinga tayyorlanish.
O'yinning bu turi ko'kalamzor maydonda
yoki sport zalida o'tkaziladi. O'yinda faqat o'g'il bolalar ishtirok
etishlari mumkin. Ular soniga, jismoniy baquwatligiga qarab
kamida to'rt kishidan tashkil topgan ikki jamoaga bo'linadi.
Maydonning bir chetiga 1,5
m
doira chiziladi. Bu doira marra deb
atalib, “uloqni” tashlash uchun belgilanadi. O'yin uchun oddiy qo'y
yoki echki terisidan bo'yiga 40
Do'stlaringiz bilan baham: |