huquqiga ega bo'ladi. Buning uchun o'yinchi chillakni dastaning
uchiga qo'yib turib, yengilgina ko'tarib
tashlashi va chillak qayta
tushib, dastaga tegishi va yana sapchib ko'tarilib, qaytib dasta ustiga
tushishi kerak. Chillak dastgohi bir tekkani
uchun bittadan ochko
beriladi.
O'yinchi shu tartibda necha ochko to'plasa, u shuncha marta
dasta
bilan chillakni urib, uni to'g'riga otadi. Agar har bir otganda
chillak 20-30
metr nariga borib tushsa, 3-4 ochko bo'yicha
otilganda 90-100 metr masofaga yetkazilishi mumkin.
Yutqazgan o'yinchi yoki raqib guruh o'yinchisi ana shu
masofaning hammasini yugurib o'tishi kerak. Bunda u nafas о1щау
yugurishi lozim. Chopib
ketayotganida nafas olsa, o'sha joyda yana
dasta bilan chillakni sakratib urib, qaytadan chopib o'tiladigan
masofa belgilanadi.
Oyinning qoidasi.
1. Dasta bilan chillakni
silkitib tashlaganda
chillak dastaga 3 martadan kam tegmasligi kerak. 2. Chillakni yerda
yotgan dastaga tashlanayotganda ishtirokchilar o'yinni
boshlash
chizig'ini bosib turmasligi kerak. 3. O'yinchi belgilangan masofani
chopib o'tishdan
bosh tortsa, u ashula aytib yoki o'ynab berishi,
she’r o'qishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: