yopinib, yerda buklangan holda yotadi, ularning har birida ikki metr
bo'lgan arqon, arqonning ikkinchi
uchi chaqqon va epchil
himoyachi qo‘lida bo‘ladi. 0 ‘rtada turgan himoyachining ikkinchi
qo'lida bir metr arqon yoki durra bo'ladi.
Hujumchilar hujumga
tayyor bo‘lib turadi.
0 ‘yin tavsifi.
Hakamning ko'rsatmasi bilan o'yin boshlanadi.
Hujumchilar ko'rpa yopingan o'yinchilarni urushga harakat qiladi
lar. Himoyachi esa o'z sheriklarini hujumchilardan saqlash maq-
sadida qolidagi
arqon bilan ulami urishga, tepishga harakat qiladi.
Lekin ikkinchi qo'lidagi arqonlami qo'ymasdan harakat qiladi.
0 ‘yin qoidalari.
1. Hakam o'yinni kuzatib boradi va kimga zarba
tegsa o'yinni to'xtatib o'ynovchini
chiqarib yuboradi, keyin o'yinni
davom ettiradi. 2. Hujumchining himoyachiga durrasi, oyog'i yoki
qo'li tegsa u o'yindan chiqqan hisoblanadi. 3. Himoyadagilar ko'rpani
ustilariga yopib ko'proq boshlarini himoya qilishlari kerak. 4.
Hujumchilar
ham tepish, urish huquqiga ega. 5. Qaysi jamoa
himoyachilari qattiq zarb berishga erishsa, shu jamoa g'olib bo'ladi.
Oyinning pedagogik ahamiyati.
O'yin bolalarda botirlik, jasurlik,
chaqqonlik, qo'rqmaslikni tarbiyalashga yordam beradi. O'yin
chaqqonlik tezkorlikni rivojlantiradi. Oo'yinning xos harakati —
yugurish, tezlikning aniqligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: