Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yin qoidalari.
1. Kim danak sonini to'g'ri topgan bo'lsa, o'yin 
galini ham oladi. 2. Danak yashirilgan kaft atroflicha ko'rsatiladi va 
ushlab ko'rishga ruxsat qilinadi. 3. Danaklar miqdoriga qarab ikkala 
kaftni alohida yoki birlashtirilgan holda ham foydalanish mumkin.
4. Eng ko'p danak yutgan o'ynovchi g'olib hisoblanadi.
O'yinning pedagogik ahamiyati.
O'yin bolalarda diqqat-e’tiborni, 
topqirlikni tarbiyalaydi. O'yin chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni 
rivojlantiradi.
6.21. “Oq terakmi, ko'k terak”
O'yin tavsifi.
Barcha o'yinchilar baravar ikki jamoaga bo'li- 
nadilar. Har bir jamoa o'z kapitanini saylaydi. Har bir jamoaning 
o'yinchilari bir-birlari bilan mahkam qo'l ushlashib turadilar. Bir 
jamoa o'yinchilari baravariga “Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga 
kim kerak?” - deb so'raydi. Ikkinchi jamoa a ’zolari “Sizdan bizga 
(qarshi jamoa o'yinchilaridan birining isminii aytib) kerak! - deydi. 
Ismi aytilgan o'yinchi yugurib kelib qarshi jamoa qatnashchilari 
osilib turgan “zanjir”ni uzishga harakat qiladi. Agar zanjirni uza 
olsa, shu jamoa o'yinchilaridan birini o'z jamoasiga olib ketadi, uza 
olmasa, o‘zi shu jamoada qoladi. Shundan keyin o'yin jamoalar roli 
almashinib davom etaveradi.
O'yin qoidalari.
1. Zanjirni faqat chaqirilgan o'yinchi kelib 
uzishi kerak. 2. Zanjirni uza olmasa, ikkinchi marta uzishga ruxsat 
etilmaydi. 3. Zanjir hosil qilishda ro'molcha, arqon va hokazolardan 
foydalanish mumkin emas. 4. Chaqirilgan o'yinchi to'satdan bir 
otilib zanjirni uzib o'tib ketish uchun qarshi jamoa o'yinchilarining 
diqqatnii chalg'itadigan harakatlar qilishi mumkin.
202


Oyinning pedagogik ahamiyati.
O'yin tez yugurishni, diqqatni, 
sezgirlikni rivojlantirishga yordam beradi. O'yin bolalarni ahil bo'lib 
harakat qilishga, tezda to'g'ri yo'nalishni olishga o'rgatadi. O'yinni 
o'ziga xos harakati tez yugurish va zanjirrii uzish.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling