Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

sm,
eniga 15-20 
sm
bo'lgan 
bolishcha “uloq” tikiladi. Teri topilmagan holatda matodan yoki 
eski ko'rpachadan yasasa ham bo'ladi.
203


0 ‘yin tavsifi.
0 ‘yin boshlashdan oldin jamoalar maydon chetida 
saflanib turadilar, hakam yoki o‘qituvchining hushtagi chalinishi 
bilan “uloq” maydon o'rtasiga tashlanadi. 0 ‘yinchilar kelishib, bir- 
birlarining orqasiga opichib olishadi va maydonga qarab “uloq”ni 
olish uchun yuguradilar. Haqiqiy kurash-tortishuv maydonda bo'lib, 
qaysi bir “chavandoz” birinchi bo'lib “uloq”ni marraga, ya’ni 
doirachaga olib kelib tashlasa, o'sha jamoa g'olib deb hisoblanadi. 
O'yin davom etadi, bu gal ham o'yin hakamning boshlashiga binoan 
ko'rsatilgan tartibda o'tadi. O'yin tugallangandan so'ng o'yinchilar 
ichida ildam, chaqqon va kuchU “chavandoz”lar aniqlanib, g'oliblar 
rag'batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanishi lozim.
О ‘yinning pedagogik ahamiyati.
O'yin o'ynovchilarda sezgirlikni, 
tez harakat qilishni, tezkorlikni, chaqqonlikni, kuchni tarbiyalashga 
yordam beradi. Shuningdek, o'yin harakatni o'zaro mosligini, har 
bir o'yin qatnashchisi jamoa oldiga qo'ygan vazifani bajarish 
hissiyotini rivojlantiradi. O'yinda o'ziga xos harakat — tez yugurish 
va uloqni tezda olishdir.
6.24. “Karvon” o‘yini
O'yinga tayyorlanish.
O'yin bolalarning og'zaki nutqi, topqirligi, 
diqqati tezkorligi va chaqqonlik sifatlarini tarbiyalaydi. O'yin 
shartiga ko'ra o'yinboshi, ya’ni “karvonboshi” hamda “qaroqchi” 
belgilanadi. Diametri 15 
m
bo'lgan doira chiziladi.
0 ‘yin tavsifi.
O'ynovchilar bir qatorga turib, oldinga turganning 
belidan qo'l bilan ushlaydilar. Ular doira bo'ylab keng qadamlar 
bilan yugurib, tuya kabi harakatlanish kerak. O'ynovchilardan biri 
doiraning bir chetida joylashib oladi, ya’ni u yo'ldan o'tayotgan 
karvonni talab, “qaroqchilik” qiladi.
- Qaroqchi so'raydi: - Karvon qayoqqa borayapti?
- “Hindistonga”, ey hurmatli zot, - deb javob beradi 
karvonboshi.
- Sizlar, do'stlar uchun nima olib kelasizlar? - deydi qaroqchi.
- Buyuring, oliy hazratlari - deydi karvonboshi.
Qaroqchi 5-8 ta buyumning nomini aytadi.
Karvon olg'a qarab ketaveradi. Doira bo'ylab aylanib kelgan 
karvon yana qaroqchining oldidan o'tadi. Qaroqchi karvonboshidan 
so'raydi. Sen menga nima olib kelishing kerak edi? Qaroqchi 
qanday buyurtma bergan bo'lsa, karvonboshi hammasini takrorlashi 
kerak. Agar biror narsani esidan chiqargan bo'lsa, qaroqchi butun 
karvonni asirga oladi va navbat bilan biron narsa olib kelishiga 
majburlaydi.
204


Mabodo 
karvonboshi 
hech 
narsa 
esidan 
chiqarmasdan 
takrorlasa undan qarovchi so'raydi: “Qani mening buyumlarim?” 
Karvonboshi o'yinchilardan birini ko‘rsatib “Navbatdagi sandiqda” 

deydi. 
Ko‘rsatilgan 
o‘ynovchi 
esa 
“Amudaryoni 
kechib 
o'tayotganimizda sizning buyurtmangizni yo'qotdik” deyishi bilan 
karvon tarqalib qochadi. Qaroqchi ulardan birini tutishi kerak.
О yin qoidasi.
1. Har bir buyurtma ravon, chiroyli talaffuz 
etilishi lozim. 2. Qaroqchi o'ynovchilarni doiradan chiqquncha 
ushlash mumkin. 3. 0 ‘ynovchilar doira ichidan tez chiqib qaroq- 
chiga tutqich bermasalar karvon qutqarilgan hisoblanadi.
О 

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling