O'yinga tayyorlanish.
O'yinchilar bab-baravar ikki jamoaga
bo'linadilar. Jamoalar bir-biriga yuzma-yuz turib ikki qatorga
saflanadilar. Qatorlarda birinchi bo'lib turgan o'yinchilarning
qo'llarida bittadan to'p bo'ladi.
O'yinning tavsifi.
Qatorda birinchi bo'lib turgan o'yinchilar
rahbaming “Diqqat, marsh!” deb signal berishi bilan to'plarni o'z
qo'shnilariga va ular ham, o'z navbatida, to'pni o'zidan keyingi
o'yinchilarga uzatadilar. To'plar shu tariqa qator oxirigacha uzatib
boriladi. Qator oxirida turgan o'yinchilar to'pni olishlari bilan qator
oldiga qarab yuguradilar va qator oldiga turib olib, to'pni o'z
qo'shnilariga uzata boshlaydilar va hokazo. To'p poygasini
boshlagan o'yin-chilar qatorning oxiriga kelib qolganlaridan so'ng
to'pni olishlari bilan qator oldiga qarab yuguradilar va o'z
jamoalarining oldiga turib olib, to'p ushlagan qo'llarini yuqoriga
ko'taradilar. To'p poygasini oldin tugatgan, ya’ni o'yinchilarning
hammasi poygani boshlovchi rolini bajargan va poyga boshlanishida
birinchi bo'lib turgan o'yinchisi o'z joyiga oldin kelib ulguigan
jamoa g'alaba qozonadi.
Oyinning qoidalari.
1. To'p faqat o'z qo'shnisiga uzatiladi. Uni
bir necha o'yinchidan oshirib uzatishga ruxsat etilmaydi. Bu qoidani
buzgan jamoaga jarima ochkosi beriladi. 2. Agar o'yinchilardan
birontasi to'pni tushirib yuborsa, uni o'sha o'yinchining o'zi borib
olishi va o'z joyiga qaytib kelib, to'p uzatishni davom ettirishi kerak.
3. Har gal oxirgi o'yinchi qatorning old tomoniga yugurib o'tib,
birinchi bo'lib turib olganidan keyin jamoaning hamma o'yinchilari
yarim qadam orqaga suriladilar. 4. O'yinni boshqa jamoaga
qaraganda oldin tugatgan va jarima ochkosi olmagan jamoa yutadi.
131
5.4. Tennis
Do'stlaringiz bilan baham: |