Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yinning qoidalari.
1. Agar o'yinchi aylana ichida ikkinchi 
oyog'ini ham yerga qo'ysa yutqazgan hisoblanadi. 2. Agar bir-birini 
turtish paytida ikkala o'yinchi ham doiradan chiqib ketsa, hech kim 
yutgan hisoblanmaydi va navbatdagi juft xo'rozlar jangi boshlanadi.
3. Xo'rozlar har gal signal berilgandan keyingina jangga kirishadilar.
4. Jang vaqtida qo'llarni ham pastga tushirish mumkin emas.
O'yinning talim -tarbiyaviy ahamiyati.
Bu o'yin o'quvchilar 
kuchining o'sishiga, ulaming chaqqon va farosatli bo'lishlariga 
yordam beradi. O'yinda o'zining va o'rtoqlarining kuchiga haqqoniy
164


baho berish qobiliyati, shuningdek, maqsadga erishish uchun 
matonatlilik xislati tarbiyalanadi.
O'yinchilar bu o'yinda o'z komandalarining sharafini himoya 
qiladilar. Bu esa ularda o'z jamoasi oldidagi mas’uliyat hissini, o'z 
komandasidagi o'yinchilar kuchini to ‘g‘ri taqsimlay olish iqtidorini 
tarbiyalashga yordam beradi.
Qarshilik ko'rsatish, kurashish bu o'yindagi asosiy harakatlardir. 
Mana shu harakatlar dam olish bilan almashinib turadi. Har bir 
o'yinchi 1-2 marta o'yinda qatnashadi va qolgan vaqtda o'yinning 
qanday borishini kuzatib turadi.
Metodik k o ‘rsatmalar.
Bu o'yinni komandalarga bo'lmasdan 
ham o'tkazish mumkin, bunda o'yinchilar o'z xohishlari bilan 
musobaqalashish uchun o'rtaga chiqadilar. G'olib chiqqan o'yinchi 
maydonda qoladi va o'zi bilan jang qilishni istagan yangi o'yinchi 
bilan bellashadi. O'yin shu tariqa davom etaveradi. O'yin oxirida 
ko'p marta g'olib chiqqan o'yinchilar aniqlanadi. O'ynovchilar ko'p 
bo'lsa, to'rtta komanda tuzib o'yinni ikkita doirada o'tkazish 
mumkin. O'yinchilarning olishuvida to'g'ri usullar qo'llanishini 
rahbar kuzatib borishi zarur. Ba’zan o'yinchilar raqiblarini qo'l bilan 
turtadilar. Bunga aslo yo'l qo'ymaslik kerak.
“Jang” qiluvchilarning kuchi taxminan teng bo'lishiga ham 
e’tibor berish lozim.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling