Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yinning qoidalari.
1. Aylana bo'ylab turgan o'yinchilar chiziq­
dan ichkariga o'tmasligi kerak. 2. Agar to'p doiraning o'rtasida 
qolsa, uni onaboshi o'zi istagan o'yinchiga uzatadi. 3. To'p 
onaboshiga uchib borib (tizzadan pastga) tegsagina hisobga olinadi.
4. Agar onaboshi uchib kelayotgan to'pni ushlab qolsa, to'p tekkan 
hisoblanmaydi. 5. Agar onaboshi to'pni ushlab qola olmay, qo'lidan 
tushirib yuborsa, onaboshi almashtiriladi. 6. To'p bilan ataylab 
qattiq urish mumkin emas.
Metodik к о ‘rsatmalar.
O'ynovchilar ko'payib ketsa, bu o'yinni 
birdaniga 2-3 davrada o'tkazish mumkin.
Agar o'yinchilar 1-2 daqiqa mobaynida onaboshiga to'pni 
tekkiza olmasalar (doira juda keng bo'lsa), ulaming hammasiga bir- 
ikki qadam oldinga surilishni tavsiya etish kerak (natijada doira 
kichrayadi).
O'yinning o'ziga xos harakatlari — voleybol to'pini ko'chma 
nishonga otish; to'pni irg'itib uzatish va ilib olishdir.
5.9.2. Ovchilar va o ‘rdaklar
O'yin maydonchada yoki zalda o'tkaziladi. O'yin uchun bitta 
basketbol yoki voleybol to'pi kerak.
O'yinga tayyorlanish.
Yerga iloji boricha kattaroq aylana 
chiziladi. Agar o'yin tor zalda o'tkaziladigan bo'lsa, o'rtadan 
zalning ko'ndalangiga 
8-12 qadam oraliqda ikkita chiziq o'tkazib, 
ikki tomoni devor va boshqa ikki tomoni chiziqlar bilan 
chegaralangan to'rtburchak hosil qilish tavsiya etiladi.
O'yinchilar 
ikkiga, 
ya’ni 
“ovchilar” 
va 
“o'rdaklar” 
komandalariga bo'linadilar. “Ovchilar” aylana chizig'i atrofiga yoki 
ikkiga bo'linib, zalning ko'ndalangiga o'tkazilgan chiziqlar bo'ylab 
saflanadilar. O'rdaklar doira yoki turtburchak o'rtasida turadilar.
Ovchilardan birining qo'lida to'p bo'ladi.
O'yinning tavsifi.
Ovchilar doira yoki to'rtburchak ichiga 
kirmasdan, o'rdaklarga to'p otadilar. “Otilgan” o'rdak o'yindan 
chiqadi. O'rdaklar o'zlariga to'p tegmasligi uchun chap berib, doira 
ichida yuguradilar va sakraydilar. Ovchilar to'pni bir-birlariga 
oshiradilar va o'rdaklar uchun kutilmagan bir vaqtda ularga otadilar. 
O'yin o'rdaklarning hammasi otib bo'lingunicha davom ettiriladi.
170


0 ‘yin tugagandan keyin komandalar joy almashadilar. Ikki marta 
o‘ynalgandan so‘ng qaysi ovchilar komandasi hamma o'rdaklarni 
tezroq otganligi aniqlanadi va o‘sha komanda yutgan hisoblanadi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling