Sport ishlari vazirligi


VI bob. HARAKATLI 0 ‘YINLAR VA


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

VI bob. HARAKATLI 0 ‘YINLAR VA 
ULARNING MAZMUNI
6.1. Qopqon
О yinning tavsifi.
O'ynovchilar ikki guruhga bo‘linadilar. Bir 
guruhdagilar aylana bo'lib saflanadi va qopqon bo‘ladi. Ikkinchi 
guruhdagi bolalar sichqonlar bo'lib aylanadan tashqarida turadilar. 
Qopqondagi guruh bolalari qo'l ushlashib quyidagi so‘zlami aytib 
aylana bo'ylab yuradilar: “Voy quig'urlar bu sichqonlar jonga tegdi 
u bekorlar nima ko'rsa — shuni eydi, hamma yoqni ship-shiydon 
qiladi. Shoshmang, sizlar badnafs zotlar qo‘lga tushmayin qolmassiz, 
uyangizga qo'ydik qopqon, hammangizni tez ushlarmiz”.
Ular so'nggi satrdagi so'zlami aytib turgan joylarida to'xtaydilar 
va qo'llarini ushlagan holda yuqoriga ko'taradilar. Shu payt 
sichqonlar qopqon orasidan yugurib o‘ta boshlaydilar. Rahbarning 
“Qopqon yopildi!” ishorasi bilan aylana hosil qilib turgan 
o'quvchilar cho'qqayib o'tiradilar va qo'llarini pastga tushuradilar. 
Bu Jiolat qopqon yopilganini bildiradi. Shunda aylana ichidan 
chiqolmay qolgan sichqonlar tutilgan hisoblanadi. O'yin hamma 
sichqonlar qopqonga tushgunicha davom etadi. So'ngra ikkala 
guruhdagilar o'rin almashadilar va o'yinni takrorlaydilar.
О yinning qoidalari.
1. Qo'llarni faqat “Qopqon yopildi!” 
ishorasidan keyin tushirish mumkin.
Pedagogik ahamiyati.
O'yin bolalarda jamoa bo'lib tashkiliy 
ravishda harakat qilishni tarbiyalaydi. Tashkiliy ravishda bir vaqtda 
va signal bo'yicha she’rni aytishga va o'yinboshiga bo'ysunishni 
talab qiladi, o‘yin epchil va tez harakatlarni tarbiyalashga yordam 
beradi.
Metodik ко ‘rsatmalar.
O'qituvchi “Qopqon yopildi!” ishorasini 
o'z vaqtida berishi uchun sichqonlaming qopqon orasidan qanday 
yugurib o'tishganini diqqat bilan kuzatib turishi, shuningdek
qopqon orasidan yugurib o‘tishga yuragi betlamayotgan sichqonlarga 
dalda berishi lozim. O'yinni qiziqroq o'tkazish uchun aytiladigan 
so'zlami o'qituvchilarga oldinroq yaxshilab yodlatish lozim.
188



Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling