Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

0 ‘yinning tavsifi.
Otish joyidan o'yinchi koptokni uzoqqa urishi 
lozim, agar koptok uzoqroqqa ketsa, tezda yugurib chiqib marraga 
borib, joyiga qarab kelishi kerak. Koptok uzoqqa ketsa, o'yinchi 
doira — uy ichiga qarab dam olib turadi. Himoyachilar urilgan 
koptokni tepadan yoki yerdan ilib olsa, marraga yugurgan o'yinchini 
uradi, koptok tegsa, himoyachilar otish chizig'iga yuguradilar. 
Koptok tekkan o'yinchi darhol koptokni tutib olib, himoyachilardan 
biriga otadi. Bu holda ular ham otish chizig'iga yuguradilar, ya’ni 
yana joy almashadilar. Shunday qilib, o'yinchilar qaysi bir jamoadan 
bo'lmasin, ketma-ket koptokni tegdirmasdan o'yinni muvaffaqiyatli 
tugatsa, o'sha jamoa g'olib chiqadi.
О ‘yin qoidalari.
Koptokni maydonga to'g'ri tashlash talab 
etiladi. O'yinda imkoniyat boricha tennis koptogini ishlatish lozim
agar bo'lmasa, rezina yoki matodan qilingan koptok ishlatiladi.
Pedagogik ahamiyat.
O'yin voleybol o'yiniga tayyorlashdan biri 
bo'lib, bu voleybol o'yini uchun xos bo'lgan to'pni egallash 
malakasini rivojlantiradi.
O'yin aniq harakatni, chaqqonlikni, aniq nishonga urishni, 
kelishilgan holatda harakat qilishni rivojlantirishga yordam beradi.
6.7. Arqon talashish
О 
yinga tayyorlanish.
Maydonchaning qarama-qarshi tomon- 
lariga o'zaro parallel ikki chiziq o'tkaziladi. Hamma o'ynovchilar
192


kuch jihatdan baravar ikki jamoaga bo'linadilar va chiziqlar orqasiga 
o'tib turadilar. Ikki chiziq oralig'iga — maydonchaning o ‘rtasiga 
sertugun qilib o'ralgan arqon qo‘yiladi. Arqonning qoq o‘rtasiga 
rangli latta bog‘lab qo'yilgan bo'ladi.
Oyinning tavsifi.
O'qituvchi signal berishi bilan ikkala jamoa 
o'yinchilari yugurib kelib, arqon tugunlarini yechadilar va uni o'z 
tomonlariga tortadilar. Belgilangan 45 sekund-1 daqiqa mobaynida 
arqonning ko'proq qismini o'z chizig'idan o'tqazgan jamoa g'olib 
hisoblanadi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling