Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Oyinning qoidalari.
Sakrab-sakrab yurishda tizzalari orasidagi 
to'pni tushirib yuborgan o'yinchining jamoasiga bitta jarima ochkosi 
beriladi. 2. Tizzalari orasiga qistirilgan to'pni qo'l bilan ushlab 
borish yoki qaytib kelayotganda to'pni dumalatish mumkin emas.
Metodik ко ‘rsatma.
Musobaqa tarzidagi bu o'yin III-IV sinf 
o'quvchilari uchun eng qiziqarli o'yinlardan biridir.
Oyinning t a ’lim-tarbiyaviy ahamiyati.
Bu o'yin o'quvchilarda 
jamoachilik, o'z harakatlari uchun mas’uliyatni sezish hissini 
tarbiyalashga, sakrash, tezkorlik, atrofdagi sharoitni yaxshi anglab 
ish ko'rish, to'pni olib yurish malakalarini o'stirishga yordam 
beradi.
135


5.4.6. Yoy va o‘q
O'yinni sport zalida, maydonchada, o'tloq joyda yoki yalang- 
likda o'tkazish mumkin. Bu o'yin uchun yasama yoy o'qi va yoy, 
nishonli faner taxtalar kerak.
O'yinda 12 kishigacha qatnashish mumkin. Har bir o'yinchida 5 
tadan o'q bo'lishi kerak.
Oyinning tavsifi.
Otish chizig'idan 20 metr nariga nishonli 
fanerlar o'rnatiladi yoki osib qo'yiladi. O'yin rahbari signal berishi 
bilan o'yinchilar chiziqqa keladilar va o'qlami nishonlarga otadilar. 
Nishonlar 3 xil radiusli bo'ladi:
a)markaziy radius — 10 ochko;
b) 
o'rta radius — 6 ochko;
c)katta radius — 0 ochko.
Keyin ochkolar hisoblab chiqiladi. Ko'p ochko to'plagan 
o'yinchi yoki jamoa (agar o'yin jamoalar o'rtasida o'tkazilsa) g'olib 
hisoblanadi.
Oyinning qoidasi.
O'ynovchi ikki holatda, ya’ni tik turib va tiz 
cho'kib turib otish kerak.
5.4.7. Nishonga urish
O'ynovchilar ikki jamoaga bo'linadilar. Har bir jamoada 6 nafar 
o'g'il bola va 4 nafar qiz bola qatnashadilar. Ular nishondan 8-10 
metr nariga saflanib turadilar, o'yinchilarda ikkitadan tennis koptogi 
bo'ladi. O'qituvchining signalidan keyin o'ynovchilar “otish” 
chizig'iga chiqadilar (qizlar 8 metr, o ‘g‘il bolalar esa 10 metr 
masofaga) va ikki marta nishonga otishni bajaradilar (har bir jamoa 
uchun 5 tadan nishon bo'lishi kerak).
Qaysi jamoaning o'yinchilari nishonga ko'p tegizsa, o'sha jamoa 
yutgan bo'ladi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling