Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yinning qoidalari.
I.1 O'ynovchilaming chiziqdan oldinga 
o'tishlari mumkin emas. 2. Himoyachiga qal’ani qo'l bilan ushlab 
turish huquqi berilmaydi. 3. Agar qal’a to'p bilan urib qulatilsa-yu, 
yiqilmasa, himoyachi uni qo'riqlashni davom ettiraveradi. 4. Agar 
qal’ani himoyachining o'zi qulatib yuborsa, o'sha paytdan boshlab u 
himoyachi bo'la olmaydi, uning o'rniga xuddi shu vaqtda qo'lida 
to'p ushlab turgan o'yinchi tushadi.
O'yinning “Bulavalar himoyasi” varianti.
Doira o'rtasiga uch 
oyoqli qal’a o'rniga beshta bulava: to'rttasi har bir tomoni bir 
qadamdan bo'lgan kvadrat to'rtburchakning burchaklariga va bittasi 
shu to'rtburchakning o'rtasiga o'matiladi.
Bu o'yinda himoyachi bulavalami qo'riqlashga harakat qiladi, 
hamma o'yinchilar esa aylana chizig'idan ichkariga o'tmasdan, 
bulavalami to'p bilan urib qulatishga intiladilar.
Himoyachi qulagan bulavani turg'azib qo'yish (agar u eng 
oxirida qulagan bo'lmasa) huquqiga ega bo'ladi. Barcha bulavalar 
qulatib bo'lingandan keyin onaboshi almashtiriladi. Uning o'miga 
oxirgi bulavani qulatgan o'yinchi tushadi.
O'yinning boshqa qoidalari xuddi “Qal’ani himoyalash” o'yini 
qoidalarining o'zidir.
O'yinning t a ’lim-tarbiyaviy 
ahamiyati.
Bu o'yinda to'pni 
nishonga uloqtirish, bir-biriga irg'itish va ilib olish malakalari 
takomillashadi. U to'pni bir-biriga uzatish paytidagi harakatlami 
bir-biriga moslashtirishni, tez harakat qilishni va chaqqonlikni talab 
qiladi. Shuningdek, himoyachilar mard bo'lishi va tevarak-atrofdagi 
vaziyatni anglab harakat qila olishlari kerak.
O'yinda 
bajariladigan 
harakatlaming 
asosiy 
turlari 
— 
qo'riqlanadngan qo'zg'almas nishonga to'p uloqtirish, bir-biriga to'p 
irg'itish va ilib olishdir.
Metodik к о ‘rsatmalar.
O'ynovchilar ko'p bo'lsa, o'yinni bir 
vaqtning o'zida ikki davrada o'tkazish kerak. O'yinchilar e’tiborini
138


to'pni uzatish vaqtidagi harakatlami o'zaro muvofiqlashtirishga va 
nishon ochiq qolgan paytdagina qal’aga to'pni tegizish osonligiga 
jalb etish lozim.
Rahbar barcha o'ynovchilaming o'yinda faol qatnashishlarini, 
to'p hamma o'yinchilar o'rtasida uzatilib borishini kuzatib turish lo­
zim.
Agar himoyachi qal’a yoki bulavalami uzoq vaqt davomida 
qo'riqlab turishga muvaffaq bo'Isa, uning xizmati taqdirlanadi va uni 
boshqa o'yinchi bilan almashtiriladi. Shunda boshqa o'yinchilarga 
ham himoyachi bo'lish imkoniyati beriladi.
“Buiavalar himoyasi” o'yini “Qal’ani himoyalash”ga qaraganda 
mtirakkabroq o'yindir. 
Chunki unda himoyachiga qulatilgan 
bulavalami tiklab qo'yish imkoni beriladi va bu bilan o'yin maqsadi 
murakkablashadi.
“Qal’ani himoyalash” o'yinini III sinfdan, “Bulavalar himo­
yasi” o'yinini esa V va VI sinfdan boshlab o'tkazish tavsiya etiladi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling