Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

HUSAYN VOIZ KOSHIFIY
Husayn Voiz Koshifiy XV asrda Hirotda yashagan Sharqning 
mashhur allomalaridan biridir. U axloq, tarix, tasawuf, nujum, 
riyoziyot, fiqh sohalariga doir qirqdan ortiq asar yaratgan. Shular 
qatorida xalq o'yinlarining o'n beshga yaqin xili haqida mukammal 
ma’lumotlar qoldirgan.
Koshifiyning „Futuwatnomayi sultoniy yoxud javonmardlik 
lariqati" risolasi axloq va odob dasturi sifatida qo'ldan-qo'lga o'tib, 
katta qiziqish ila o'qib kelinmoqda. Bu nodir risola bag'oyat muhim 
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, futuwat haqida mashhur 
pandnomalar, javonmardlarning rasm-u rusumi, odobi xususidagi 
Rkrlardan iborat. XV asrda Hirotda yashagan atoqli tojik yozuVchisi 
Husayn Voiz Koshifiyning „Futuwatnomayi sultoniy" nomli 
risolasi, ilmning ko'p qoida-nizomlarini qamrab olgani, sodda va 
ravon tilda yozilgani bilan ajralib turadi.
U o'z zamonidagi tomosha ko'rsatuvchi pahlavonlar, kurash 
tushuvchilar, toshotarlar, nova tortuvchilar, hammollar, dorbozlar, 
kuchini namoyish quluvchilar (zurgarlar), tomosha ko'rsatuvchi 
o'yin ahli (kosa o'ynovchilar, qo'g'irchoqbozlar va soqqabozlar), 
kabza ma’nosida va kabza turlari (qilich, qalqon, gurzi, urushi 
kamoni (yoyi), to'qmoq (yog'och bolg'a), pichoq, boltacha 
(qassoblik pichog'i) va bolta haqida batafsil to'xtaladi.
Husayn Koshifiy tomosha ko'rsatuvchi pahlavonlami sakkiz 
loifaga ajratadi, ya’ni: kurash tushuvchilar, tosh o'ynovchilar, loy 
tashuvchilar („novandozlar"), zambil ko'taruvchilar, dorbozlar, 
gurzi ko'taruvchilar va zo'rlar. U kurash ommabop milliy sport turi 
bo'lib, barcha uchun manzurligini, bu ish bilan shug'ullanuvchi 
kishilar har qanday vaziyatda to'g'rilik va poklik, adolat qonuniyati 
bilan yashash kerakligini uqtiradi.
Uchinchi faslning birinchi qismida kurashning ma’nosi, 
kurashda asl mohiyat, ilm bilan qo'shilgan kuch qanaqa narsa, 
kurash tushish ilmmi yoki amalmi, kurash ustalarining odobi, 
sliogirdlar odobi, komil ustoz qaysi, kimni pahlavon deyish 
mumkin, kurashning qanday turlari bor, kurashchilarning tili nima, 
kurashchilarning oxirgi maqsadi, kurashning onasi qaysi, yiqilishga 
sabab nima va shu kabi qator masalalar yechimi o'z ifodasini 
topgan.
Koshifiy toshotarlar pok va taqvodor kishilardirlar, ularning 
vazifasi tosh bilan dushmanga aniq zarba yetkazishdir, deydi. 
Ularning odobi oltita, deb aytadi:
37


1)butun choralami ishga solib, kuch va malaka to'plash va buni 
dushmanga qarshi sarflay bilish;
2)toshga qo‘l tekkizishdan oldin o'tgan azizlar va pirlami esga 
olish;
3)qo‘lni toshga urgandan keyin jasorat va mardlik ко‘rsatishga 
intilish;
4)majlis ahlidan madad va himmat tilash;
5)ko‘z bilan tilni va qo'l bilan ko‘ngilni noshoista ishlar va 
narsalardan saqlash;
6)ma’raka hunardan forig‘ bo‘lgandan keyin takbir va salovat 
aytish.
Asarda dorbozlar tashqi ko'rinishidan o‘yin-tomosha ahlidan 
bo‘lsalar-da, ammo ishlarining asosi jur’at va quvvat bo'lganidan, 
ular ahli zo‘r (pahlavonlar) jumlasiga kiritiladi. Dorbozlik ulug‘ bir 
kasbdir va bu ishning ustalari pokiza axloqli va rostgo‘y bo‘lishlari 
kerak.
Kuchini namoyish qiluvchilar (zuigarlar) toifasi quyidagi 
hunarlami ko'rsatadilar, ya’ni: 1) mardgirlik (odam ko‘tarish); 2) tosh 
sindirish; 3) suyak sindirish; 4) dorbozlik; 5) tosh otish; 6) tegirmon 
toshini ko‘tarish; 7) lil bilan olishish; 8) kamondan o£qni uzoqqa 
otish; 9) sakrash. Qayd qilingan barcha hunarlaming mohiyati 
nimadan iborat ekanligi ochib berilgan, jumladan, odam ko‘tarishning 
ma’nosi haqiqatda nima, desalar, ko‘targan kishini yiqitmaslik, ya’ni 
mardlik obro‘yini yerga tushurmaslik, past ketmaslik.
Tosh sindirish bu — qattiqlik va tosh yuraklik sifatlarini 
sindirmoq va ushbu sifatlarni barham etmoq demak. Suyak 
sindirishning ma’nosi, suyak haqiqatning mag‘zi va ham pardasidir, 
ya’ni mardlik bilagi bilan xudparastlik pardasini ko‘z oldidan 
ko‘tarib, haqiqat mag‘ziga ko‘z tiksin demakdir.
Tegirmon toshini ko'tarishning ikki ma’nosi bor, binobarin, 
tegirmonning ustki toshi — doimo harakatda, bu esa tariqat talabida 
muttasil jadd-u jahd qilmoqni ifodalaydi. Ostki tosh qimirlamay 
turadi, bu esa chidam va sabot timsolidir. Demak, tegirmon toshini 
ko‘targan odam shu sifatlarni o‘zida muvofiqlashtiruvchi kishidir.
Fil ko'tarishning ma’nosi shundan iborat, fil ulug‘vorlik 
belgisidir, fil ko‘tarish esa dunyo ishlari falak azimati oldida 
arzimasdir, degan ma’noga ishoradir.
Sakrashning ma’nosi shuki, nafs uy dushmanidir, undan sakrab
qutulib chiqish kerak, osoyishtalik, muvaffaqiyatga erishish nafs 
bilan jang qilish orqali qo'lga kiritiladi. Shuni e’tiqod bilan anglab 
yetish kerakki, zurgarlik (kuch-quwatni namoyish etish)ning
38


Imqiqati nafs dushmanini poymol etishdir, bo'lmasa ko‘p hayvonlar 
va parrandalarning quwati odamzodnikidan ortiq. Shuning uchun 
kuch-quwatga uchmaslik va nafs havosidan voz kechish kerak, 
shunda ma’rakalarning pahlavoni ayni vaqtda futuwat pahlavoniga 
ham aylanadi. Shayx Sa’diy aytganlaridek:

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling