Sport mahoratini oshirish


Download 0.9 Mb.
bet15/59
Sana16.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1777721
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta (1)

Birinchidan, ma’lum harakat texnikasini (agar noto`g`ri o`rgatilgan bo`lsa) qaytadan o`rgatish holiga chek qo`yish maqsadida o`rgatish jarayonini boshlanishidayoq tug`ridan-to`g`ri harakat texnikasini eng samarali nushasiga o`rgatish zarur.

  • Ikkinchidan, o`rgatish jarayonida nazariy mashg`ulotlarga alohida e’tibor berilishi zarur, toki o`rgatiluvchi o`rgatilayotgan harakat texnikasining ijro etish tartibini «ipidan ignasigacha» fikran to`liq anglasinlar, xotirada yaxshi eslab qolsinlar va tafakkurda to`g`ri bajara olsinlar.

  • Uchinchidan, o`rgatish jarayonida o`rgatiluvchi o`rgatilayotgan harakat texnikasini har xil vaziyatda, har xil tezlikda aniq va maqsadga muvofiq bajarilishi imkonini ta’minlovchi yetarli darajada rivojlangan jismoniy sifatlar poydevorini yaratish shart.

    CHunki o`rgatiluvchi jismonan zaif bo`lsa o`rgatilayotgan harakat texnikasi xatolar bilan ijro etiladi, samara bo`lmaydi, o`rgatuv yo`nalishini maqsadga muvofiq tomonga burish imkoni chegaralanadi, hatto yo`qoladi.
    Texnik tayyorgarlikni amaliyotga joriy etish o`rgatish va takomillashtirish jarayoni bilan bog`liq bo`lib, o`z ichiga bir necha bosqichlarni oladi (YU.N.Kleshev, L.R.Ayrapetyans, 1985; YU.D.Jeleznyak).
    1-bosqich. Harakat texnikasi, uni ijro etish tartibi haqida ilk bor tushuncha hosil qilish va o`rgatiluvchini ruhiy jihatdan mazkur harakat texnikasini o`zlashtirishga tayyorlash.
    2-bosqich. Harakat texnikasiga o`rgatish jarayonida boshlang`ich ko`nikma va malakalarni hosil qilish, tarbiyalash. O`zlashtirishni sekin-asta murakkablashishi.
    3-bosqich. Harakat texnikasini to`liq va mukammal bajarish. Ortiqcha harakatlardan xolos bo`lish.
    4-bosqich. Harakat texnikasini barqaror, aniq va tez bajarish.
    5-bosqich. Harakat texnikasini turli o`zgaruvchan vaziyatlarda maqsadga muvofiq bajarish.
    6-bosqich. «CHuqurlashtirilgan» - murakkablashtirilgan o`rgatish va takomillashtirish jarayoni.
    7-bosqich. O`rgatilgan malakalar texnikasining mukammalligini ta’minlash, saqlash va ularni ijro usullarini kengaytirish, «boyitish» va takomillashtirish.



    Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling