Texnik tayyorgarlikni maqsad va vazifalarini amaliyotda joriy etish
Ixtisoslashtirilgan vositalar (mashqlar) yordamida amalga oshiriladi. Aslida «vositalar» keng ma’noga ega bo`lib, ularni turlari xilma-xildir. Asosiylari, tabiiyki, yondoshtiruvchi mashqlar, texnikaga oid mashqlar (yoki asosiy mashqlar) va ikki tomonlama voleybol o`yini bo`lib hisoblanadi. Lekin masalani muvaffaqiyatli va samarali hal etish uchun o`rgatish va takomillashtirish jarayonida tayyorlov mashqlari va taktikaga oid mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Boshqacha qilib aytganda jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi va taktikaga oid mashqlarni texnikaga o`rgatish jarayonida qo`llab borish, o`yin jarayonida voleybolchiga o`z texnik imkoniyatlaridan foydalanish darajasini orttiradi. Demak, texnik tayyorgarlik jismoniy va taktik tayyorgarlik bilan uzviy va chambarchas bog`liqdir.
YUqorida qayd etilgan vositalar ma’lum uslublar asosida qo`llaniladi. Uslublar – trenerni o`rgatish jarayonida (texnik tayyorgarlikda) beradigan mashqlarni (vositalarini) qo`llash texnologiyasidir.
Uslublar shartli ravishda 3 turga bo`linadi: tushuntirish, ko`rgazmali va amaliy.
Texnik tayyorgarlik jarayonida shug`ullanuvchilarni yoshiga, imkoniyatlariga, o`rgatish bosqichiga qarab u yoki bu uslublarni ustunligi bo`lishi mumkin.
Tushuntirishga oid uslublar o`z ichiga so`zlab berish, suhbat, ko`rsatma, tahlil va muhokama kabilarni oladi.
Ko`rgazmali uslublar: o`quv filmlari, tasviriy magnit filmlari, suratlar, texnikani trener tomonidan namoyish qilinishi, o`yinlarni kuzatish va hokazo.
Amaliy uslublar:
harakat texnikasini to`liq holda o`rgatish.
Harakat texnikasini qismlarga bo`lib o`rgatish.
Boshqaruv uslubi.
Harakatli ko`rgazma uslubi.
Qaytarish uslubi.
Murakkablashtirish uslubi.
Charchov holatida o`yin malakalarini bajarish uslubi.
O`yin uslubi.
Musobaqa uslubi.
Qo`shma uslub.
Aylanma uslubda mashq bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |