Xavfsizlik choralari: to’ldirma to’pni hech qachon ishtirokchilar tomonga uloqtirmaslik kerak. To’ldirma to’pni olib kelib qo’yish yoki o’lchash chizig’i bo’ylab navbatdagi ishtirokchiga yumalatib berish tavsiya qilinadi.
Ochkolarni hisobash: Har bir ishtirokchiga 2 tadan urinish beriladi. O’lchangan natijalar 20 sm aniqlikda yoziladi (agar chiziqchalar orasiga to’p tushsa yaxshi natija yoziladi) va to’g’ri burchak (90o) ostida o’lchash chizig’i bo’ylab o’lchanadi. Ikki urinishdan eng yaxshisi jamoaning umumiy natijasi uchun hisoblanadi.
Musobaqa o’tkazishda yordamchilar: Musobaqani tashkil qilish uchun har bir jamoaga ikki nafar yordamchi zarur bo’ladi. Bu yordamchilar quyidagi vazifalarni bajarishadi.
- musobaqani borishini nazorat qiladi va boshqarib boradi;
- to’ldirma to’p tushish sektorida turishi lozim (o’lchash chizig’i bo’ylab to’g’ri burchak ostida o’lchanadi).
- To’ldirma to’pni olib kelib berishi yoki o’lchash chizig’i bo’ylab dumalatib berishi mumkin;
- Natijani o’lsaydi va uni bayonnomaga qayd qiladi.
To’siq ustidan mo’ljalga uloqtirish.
Qisqacha sharhi: Bir qo’lda uloqtirish.
143-rasm.
Amalga oshirish tartibi: 5 m.li yugurish zonasidan mo’ljalga uloqtirish. 2,5 m.li balandlikdagi to’siq qo’yiladi va uni ustidan oshirib uloqtiriladi ya’ni to’siqdan 2,5 m oraliqdagi ajratilgan maxsus joylarga uloqtirish. Ma’lum bir predmet to’siq ustidan mo’ljalga otiladi. Ishtirokchi to’siqdan 5 m. oraliq masofadan uloqtiradi. Har bir ishtirokchiga mo’ljalga uloqtirish uchun 3 tadan urinish beriladi. Har bir urinishni amalga oshirish uchun ishtirokchilar o’ziga uloqtirish joyini tanlashi mumkin: to’siqdan uloqtirish joyining orqlig’ini 5 m., 6 m., 7 m yoki 8 m. masofada bo’lishi mumkin. Har bir ishtirokchiga 3 tadan urunish beriladi ya’ni mo’ljalga tushushi uchun. Har urinishni bajarishda ishtirokchi o’ziga uloqtirish uchun 4ta yo’lakdan birini tanlashi mumkin.
To’siqdan qancha uzoqlikda uloqtirsa shuncha ko’p ochko to’plash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |