sportchining trenirovka va musobaqa jarayonlaridagi harakatlarni bajarish texnikasini nazorat qilish; musobaqalarda sportchining holati va sport natijalari dinamikasini nazorat qilish; nazoratning har bir yo’nalishida olingan ma’lumotlarni taqqoslash, ularni tahlil qilish va baholash hamda zarur xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Sport metrologiya fanining mazmunini quyidagilar tashkil etadi : 1. Sportchining sport holatini nazorat qilish. 2. Sportchining trenirovka jarayonidagi yuklamasini, turli harakatlarning bajarish texnikasini va sport musobaqasi davridagi xulqini nazorat qilish. 3. Yuqorida keltirilgan har bir ko’rsatkich bo’yicha olingan ma’lumotlarni taqqoslash, baholash va tahlil qilish. Sport metrologiya fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) Sportdagi o’lchash texnikasi to’g’risida umumnazariy bilimlar tizimini tashkil etish, sport metrologiyasining nazariy asoslarini va matematik – statistika uslublarini o’rgatish. 2) Hozirgi zamonaviy qo’llanilayotgan o’lchov tizimi va uslublari o’rganiladi, ya’ni o’lchov asboblaridan foydalanish va ularda o’lchov o’tkazish, ulardagi xatoliklarni aniqlash, olingan natijalarni tahlil qilish va ular asosida rejalar, dasturlar qabul qilishni o’rganish. 3) Kompleks nazoratning metrologik asoslarini, ya’ni sportchining tayyorgarligi va uning musobaqa va o’quv mashg’ulotlaridagi faoliyatining nazorati mazmuni va turlarini o’rganish, bundan tashqari jismoniy tarbiya va sportda katta o’rin tutadigan o’quv mashg’ulot yuklamalarini hisoblash, yuklamalar ko’rsatkichlari va sportchilarning tayyorgarlik dinamikasini aniqlash. Sportda metrologik talablar, tanlab olish masalalari, sport natijalarini oldindan aytish muhim o’rin tutadi. Biror bir qonun bo’yicha amalga oshirilgan o’lchov – bu, bir tomondan, o’rganilayotgan hodisa yoki ob’ektlarning xarakteristikalari, ikkinchi tomondan esa, sonlarning o’zaro mosligidir. Shuning uchun ham sport metrologiyani o’rganish bo’yicha darslik dasturiga boshqa predmetlarning ayrim qismlari ham (matematik statistika asoslari, instrumental uslub va hokazolar) kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |