Sport metrologiyasi usullari


Sport metrologiya fani va uning vazifalari


Download 321.5 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi321.5 Kb.
#1567979
1   2   3   4   5
Bog'liq
SPORT METROLOGIYASI USULLARI

1. Sport metrologiya fani va uning vazifalari


Metrologiya so‘zi yunon tilidan tarjima qilinganda «o‘lchash haqidagi fan» degan ma’noni anglatadi, ya’ni «metron» – o‘lchash, «logos» – fan.


Umumiy metrologiyaning asosiy vazifasi – o‘lchovlarning birligi va aniqligini ta’minlash. Sport metrologiyasi ilmiy fan sifatida umumiy metrologiyaning bir qismi hisoblanadi va uning vazifalari – sportdagi ko‘rsatkichlarni nazorat qilish va o‘lchashdan iborat.
Hususan, uning tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • sportchining holatini nazorat qilish;

  • musobaqa va trenirovka yuklamalarini nazorat qilish;

  • harakatlarni bajarish texnikasini nazorat qilish;

  • musobaqalarda sportchining holati va sport natijalarini nazorat qilish;

  • nazoratning har bir yo‘nalishida olingan ma’lumotlarni taqqoslash, ularni tahlil qilish va baholash.

Sportchining tayyorgarligini nazorat qilish ko‘pchilik mutaxassis–pedagog, shifokor, fiziolog, biokimyo­chi, psixolog, biomexanik mutaxassislar tomonidan birga o‘tkazilganda yuqori samara beradi.
Majmuaviy nazorat qilish orqali sportchining holati to‘g‘risida aniq va to‘liq ma’lumot olish mumkin. Nazorat qilishning asosiy vazifalaridan biri sportchining jismoniy holatini baholashdir.
«Jismoniy holat» tushunchasi quyidagilarni:
- sportchining salomatligini;
- gavda tuzilishini;
- fiziologik funksiyalarning holatini anglatadi.
Jismoniy tarbiya va sport amaliyotida uch holat, ya’ni: tezkor, kundalik, bosqichdagi holatlar mavjud.
Sport metrologiyasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Sportdagi o‘lchash texnikasi to‘g‘risida umumnazariy bilimlar tizimini tashkil etish, sport metrologiyasining nazariy asoslarini va matematik –statistika usullarini o‘rgatish.

  2. Zamonaviy qo‘llanilayotgan o‘lchov tizimi va usullarini yoritish, ya’ni o‘lchov asboblaridan foydalanish va ularning yordamida o‘lchash o‘tkazish, ulardagi xatoliklarni aniqlash, olingan natijalarni tahlil qilish va ular asosida rejalar, dasturlar qabul qilishni o‘rgatish.

  3. Ommaviy nazoratning metrologik asoslari, ya’ni sportchining tayyorgarligi va uni musobaqa hamda o‘quv mashg‘ulotlaridagi faoliyatini nazorat qilishning mazmuni va turlari, bundan tashqari o‘quv mashg‘uloti yuklamalari va ularni hisoblash, yuklamalar ko‘rsatkichlari va sportchilarning tayyorgarlik dinamikasini aniqlash, shuningdek sportda tanlash masalalari, sport natijalarini bashorat qilish, sport modeli tavsiflariga metrologik talablar ham katta o‘rin tutadi..




Download 321.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling