2
UDK: 002:651.1
(7+355.4/78.15)
Mualliflar jamoasi. Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi
(Basketbol). O‘quv qo‘llanma.
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish
metodikasi”
fanidan universitet bakalavriyatlarini
tayyorlash
talablariga muvofiq jismoniy madaniyat fakulteti talabalari uchun
majburiy bo‘lgan nazariy kurs ma’lumotlari ochib berilgan. Jismoniy
madaniyatning nazariy va uslubiy asoslariga
oid taklif etilayotgan
material ixtisoslashtirilgan fakultet talabalariga ushbu fan bo‘yicha
nazariy bilimlarini kengaytirish imkonini beradi. Talaba fanning
nazariy-uslubiy asoslarini bilishi, metodikani puxta egallashi, yuksak
madaniyatli, bilimli, jozibali va ahloqiy poklikka ega bo‘lishi kerak.
Mavzuni o‘rganishga ijodiy munosabatda bo‘lgan holda,
olingan
bilimlar jismoniy madaniyat sohasidagi bo‘lajak mutaxassisga sinov
va xatolik yo‘li bilan amaliy izlanish yillarini
qisqartirgan holda
zamonaviy talablar darajasiga erishishga yordam beradi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma jismoniy madaniyat fakultetlari
talabalari, magistrantlari va professor-o‘qituvchilari
hamda Sport
o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi bo‘yicha bilimlarini
chuqurlashtirishni xohlovchi barcha qiziquvchi
kitobxonlar uchun
mo‘ljallangan.