Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.Basketbolchi yurish, sakrash, to`xtash va burilish yordamida maydonda harakat qiladi.
3.2. HUJUM TEXNIKASI
Hujumda qo`llaniladigan texnik usullarga-to`pni ilish va uzatish, uni yerga urib olib yurish, savatga otishlar, chalg`itishlar kiradi. Ular maydonda harakat qilish, to`xtashlar va burilishlar kabi usullar bilan birgalikda bajariladi. Hamma usullarni bajarish eng qulay va mustahkam dastlabki holat – turish holatidan boshlanadi. Turish holatini egallash uchun basketbolchi oyoqlarini yelka kengligida bir – biriga yonma-yon qilib, bir chiziqda yoki bir oyog`ini oldinga chiqargan holda yerga qo`yishi lozim. Bunda oyoqlar bukilgan, gavda biroz oldinga egilgan, uning og`irligi oyoqlarga barobar taqsimlangan, qo`llar to`pni ilish va ushlab turish uchun qulay holda ko`krak oldida bukilgan bo`lishi kerak. To`p keng yoyilgan barmoqlar bilan kaftlarga to`liq tekkizilmagan holda tutib turiladi. 2.1.Basketbolchi yurish, sakrash, to`xtash va burilish yordamida maydonda harakat qiladi. Bu guruh usullari oyoqlarning to`g`ri ishlashiga asoslanadi. Basketbolchilarning maydonda qilayotgan harakati har doim bajarayotgan ishiga qarab o`zgarib turadi. Basketbolchi qadamlab, yugurib, sakrab-sakrab, to`g`ri, qiyalab, yoysimon, ilon izi chiziqlar bo`ylab harakat qiladi. Yurish o`yin davomida boshqa usullarga nisbatan kam qo`llaniladi. Bu usul, asosan, turish holatini o`zgartirish maqsadida ishlatiladi. Basketbolchi maydonda tizzalari biroz bukilgan holda harakat qiladi. Yugurish maydonda harakat qilishnig asosiy usuli hisoblanadi. Bu usul og`irlikni oyoqning butun kaftiga qo`yib yoki uni tovondan oyoq uchiga o`tkazib, oyoqlarni odatdagidan birmuncha ko`proq egib, yumshoq qadamlar bilan bajariladi. Tezlanishlarni va keskin yugurishlarni bajarish uchun qisqa qadamlar bilan oyoq uchida 30 yuguriladi. 1-jadval 2-jadval 31 O`yin texnikasi klassifikatsiyasi (tasnifi). S a k r a sh l a r. Basketbolchilar sakrashlarni bir oyoq yoki ikki oyoq bilan depsinib bajaradilar. O`yin davomida sakrashlar, ko`pincha, oldindan tayyorgarlik ko`rilmasdan va qayta-qayta bajariladi. T o` x t a sh l a r qadamlab va sakrab bajariladi. Qadamlab to`xtashda basketbolchi yugurish maromini buzmasdan oxirgi qadami tovondan, kattaroq qilib qo`yadi; so`ng tayanch oyog`ini ko`proq bukadi va ikkinchi oyog`ini oldinga qo`yib, harakatini to`xtatadi va gavdani tayanch oyog`ining ustida tutib turadi. B u r i l i sh l a r oldinga va orqaga burilishlarga ajratiladi. Ular orqada yoki oldinda joylashgan oyoqda, bir joyda turgan holda va harakatda, to`p bilan va to`psiz bajariladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling