Sport tashkilotlari: mohiyati, tashkiliy-huquqiy shakllari


Sport tashkilotlari: mohiyati, tashkiliy-huquqiy shakllari


Download 52.71 Kb.
bet2/4
Sana11.10.2023
Hajmi52.71 Kb.
#1699130
1   2   3   4
Bog'liq
Nishonboyev Nodirbekxo\'ja 20-10-guruh talabasi

Sport tashkilotlari: mohiyati, tashkiliy-huquqiy shakllari

Iqtisodiyot tarmog'i va boshqaruv fanining muhim tarmog'i hisoblangan sport menejmenti.


Jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi tashkilot.
Jismoniy tarbiya va sport sistemasida sport tashkilotlari birlamchi tarkibiy qism.
"Sport tashkiloti" degan tushuncha bir necha ma'noli mazmunga egadir.
Boshqarish nazariyasida "tashkilot" birinchi navbatda umumiy pirovard natija.
Sport tashkilotining ta'sir doirasidan, faoliyat yo'nalishi, asosiy xususiyatlari.
Umumiy maqsad yo'lida birlashgan ikki kishidan kam bo'lmagan insonlar guruhi.
Menejerlaning tashkilotchiligini, funksiyalarini o'rganish, har bir rasmiy tashkilotda norasmiy tizimlar (yetakchilar).
Norasmiy tashkilot o'zining tizimi.
Tashkilot har xii, umumiy tavsifnoma va belgilarga ega. lqtisodiyot tarmog'i va boshqaruv fanining muhim tarmog'i. Sport menejmenti obyektini o'rganish.
Jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi tashkilot.
Jismoniy tarbiya va sport sistemasida sport tashkilotlari birlamchi tarkibiy qism hisoblanadi.
O'zbekistonda sport tashkilotlarning turlari. "Sport tashkiloti" tushunchasi.
Sport tashkilotlari, davlat va xususiy muassasalari, firmalar, birlashmalar, ularning bo'linmalari va filiallari.


Tayanch iboralar:
lqtisodiyot tarmog'i, sport menejmenti obyekti, sport yo'nalishidagi tashkilot, sistemada sport tashkilotlari, tarkibiy qism, tashkilotlarning turlari, "Sport tashkiloti" tushunchasi, davlat va xususiy muassasalar, firmalar, birlashmalar va filiallar, musobaqalar, mashqlar, marosimlar, shanbalik, mitinglar, bayramlar, "tashkilot", jarayonni bosqarich, funksiya. Iqtisodiyot tarmog'i va boshqaruv fanining muhim tarmog'i hisoblangan sport menejmenti obyektini o'rganish jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi tashkilot hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport sistemasida sport tashkilotlari birlamchi tarkibiy qism hisoblanadi. O'zbekistonda bunday tashkilotlarning soni 100 ga yaqinlashib qolgan.
"Sport tashkiloti" degan tushuncha bir necha ma'noli mazmunga egadir. Sport tashkilotlari deb - davlat va xususiy muassasalarni, firmalar, birlashmalar, ularning bo'linmalari va filiallarini tushunish mumkin. Lekin tashkilot deb musobaqalar, mashqlar o'tkazish, har xii marosimlarni tashkil etish, shanbalik, mitinglar, bayramlar o'tkazishni tushunish mumkin. Ushbu holatda "tashkilot" so'zi amalga oshirilayotgan biron bir jarayonni bildiradi. Bizga yana shu narsa ma'lumki, "tashkilot" bosh­
qaruvning alohida bosqichi bo'lib, uning muhim funksiyasini ifodalaydi.
Boshqarish nazariyasida "tashkilot" birinchi navbatda umumiy pirovard natijaga erishish yo'lida guruhga jamlangan insonlarning ish faoliyatini maqsad bilan yo'naltirish hisoblanadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, bu birga ishlayotgan, umumiy maqsadga intilgan va ma'lurn funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan ikki va undan ortiq kishilarning faoliyatidir. Sport­ ning ko'p turlarida ikki kishi guruh (iarnoa) hisoblanadi, ularning bir-birlarini qo'llab bajargan o'zaro harakatlari, vakolatlarni to'g'ri taqsimlanganligiga qarab, tashkilot yutuqlarga erishishi
mumkin (yaxrnalakda sirg'anish, parus sporti, bobsley, tennis va boshqalar).
Yuqorida keJtirilgan fikrlar asosida, tashkilotning ta'sir doirasidan, faoliyat yo'nalishidan qat'i nazar, uning asosiy xususiyatini belglilash munikin. Umumiy maqsad yo'lida birlashgan ikki kishidan kam bo'lmagan insonlar guruhi, ularning ushbu maqsad sari intiltiruvchi va yo'naltiruvchi omil boshqarish. Albatta, insonlarning lllaqsad sari guruhlarga birlashuvi tushunarli va o'zini oqlashi turgan gap, chunki hamkorlikda amalga oshirilgan faoliyat odatda o'zining ijobiy samarasini beradi. Lekin bunday holatlarda har bir guruh ishtirokchisi umumiy maqsadga er­ ishish yo'lida o'z xohishi bilan o'zining shaxsiy erkinligi va shaxsiy mustaqilligining bir qismini yo'qotadi. Menejerlarning tashkilotchiligini, funksiyalarini o'rganishda va har bir rasmiy tashkilotda norasmiy tizimlar (yetakchilar) ham borligi personal xulqiy omilining muhimligini ko'rsatadi. Insonlar orasidagi guruhlar, odatda, quyidagi holatlarda yuzaga keladi: uchrashuvlar, umumiy manfaatlar, muloqot ehtiyojlari, o'zining ma'naviy, ruhiy va ijodiy sohadagi, qolaversa rasmiy tashkilot miqyosida erishib bo'lmaydigan holatlarda. Norasmiy tashkilot o'zining ti­ zimiga ega bo'lishi mumkin, shu jumladan6 sardor rahbar, maq­ sadlar va faoliyat yo'nalishlari.
Tashkilot har xii, ayniqsa murakkab maqsadlarga ega bo'lishi­ ga qaramasdan, o'z o'rnida umumiy tavsifnoma va belgilarga egadir. Ular quyidagilardan iborat:

  • zaxiralardan foydalanish;

  • tashqi muhit bilan bevosita aloqa va bog'liqlik;

  • tashkilotning ichki muhiti;

  • boshqaruvning zaruriyatligi.

Umuman olganda, tashkilotning maqsadi pirovard natijaga erishish uchun zaxiralarni qayta ishlash yoki ularga tegishli ta'sir ko'rsatishdan iborat. Zaxiralar - bular odamlar (yoki inson resurslari deb ataladi), kapital, materiallar, texnologiya, axborot (informatsiya) va boshqalar. Bunday jarayonni ko'proq ishlab chiqarish (sport tovarlari ishlab chiqarish) tashkilotlarida yaqqolroq ko'rish mumkin. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ham yuqorida keltirilgan zaxiralar turlari keng ishlatiladi. Tashkilotning eng nazarga tashlanadigan tafsifnomalaridan biri uning tashqi muhit bilan bo'lgan aloqasidir. Tashkilot bir vaqtning o'zida ham o'zining ichki zaxiralari, ham iste'molchilari, ham foydalanuvchilari va boshqalar bilan bo'lgan munosabatlarida tashqi muhit bilan to'liq munosabatda bo'ladi. "Tashqi muhit" deganda, inobatga olinishi lozim bo'lgan va amaliy faoliyatda tashkilotga nisbatan chetda bo'lgan kuchlar tushuniladi.
"Tashqi muhit" tarkibiga iqtisodiy sharoitlar, hukumat dalolatnomalari
va qonunchilik, iste'molchilar va jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, xotin-qizlar jamoalari va boshqalar), raqobatchilik tashkilotlari, jamiyatda mavjud qadriyat sistemasi, umumjamiyat qarashlari (munosabatlar), an'analar, texnika va texnologiyalar, xalqaro ahvol va boshqalar. Ushbu o'zaro hog'liqlikda bo'lgan omillar tizimi sport tashkilotlari ichida yoki orasida bo'ladigan barcha jarayonlarga o'zining jiddiy ta'sirini ko'rsatadi. Tashqi omillarni ikki asosiy guruhlarga ajratish mum­ kin:

  • bevosita ta'sir ko'rsatuvchi;

  • bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi.

Bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillar bu sport tashkilotlari faoliyatiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir etuvchi va o'z navbatida, ushbu faoliyatga o'zining zarur ehtiyojini his etadigan omillardir. Bular qatoriga qonunlar, mehnat va boshqa zaxiralar bilan ta'minlovchi tashkilotlarni, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi muassasalarni, iste'molchi va raqobatchilarni kiritish mumkin.
Bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi omillar qatoriga esa tashkilot faoliyatiga
zudlik bilan ta'sir ko'rsata olmaydigan, lekin shu bilan bir qatorda muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko' rsatkichlar kiradi. Bular qatoriga iqtisodiyot holati, ilmiy-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy­ madaniy va siyosiy o'zgarishlar, guruhlar manfaatlarining ta'siri, xalqaro munosabatlar va boshqalami kiritish mumkin. Tashqi muhit quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: tashqi muhit omillarining o'zaro bog'liqligi, tashqi omillaming murakkabliligi, tashqi muhitning harakatsizligi va ma'lum darajadagi noaniqligi, noma'lumligi.
Sport tashkilotlari tashqi muhitga bevosita bog'liq bo'lishiga qaramasdan, odatda, ular tashqi omillarga ta'sir ko'rsata olmaydilar. Hatto gullayotgan, eng jadal darajada rivojlanayotgan kompaniyalar ham o'z sohalaridagi yangilik taraqqiyotiga qarshi hech nima qila olmaydilar, buning ustiga o'zlari uchun imkoniyatlar topish yo'lida ushbu progressiv yo'nalish doirasida faol ish olib boradilar. Har qanday pog'onadagi rahbar o'z faoliyatida yutuqlarga erishish uchun ko'pdan ko'p tashqi muhit omillarini inobatga olgan holda ish yuritishi lozim. Sport bo'linmalari, butun bir tashkilot kabi o'z faoliyatlarida umumiy maqsadga erishish sari yo'naltirilgan va boshqarib boriladigan xodimlar gu­ ruhlarini tashkil etadilar. Sport tashkilotlarida faoliyatlar soha bo'yicha tarkibiy qismlarga taqsimlangan bo'lganligi uchun,ishda yutuqlarga erishish uchun kimdir guruh ishini yo'naltirib, boshqarib borishi lozim. Misol, sport klublarida muvaffaqiyatli ishlash uchun uning alohida bo'linmalarining faoliyati yo'naltirib borilishi, ya'ni sportchilarni (yoki jamoani) samarali tayyorlash va belgilangan muddatda ko'zlangan natijalarga erishishi talab etiladi. Barcha bo'linmalarning kuchanib harakat qilishlarini yo'naltirmasdan turib, ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Boshqaruv faoliyati ikki shak.lga bo'linadi:
Birinchi mehnatni tarkibiy qismlarga taqsimlash, ya'ni umumiy faoliyatning tarkibiy qismlarini belgilash, boshqacha so'z bilan aytganda, mehnatning gorizontal taqsimoti ko'zda tutilyapti. Ushbu jarayon sport tashkilotlarida maxsus bo'linmalar tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.
lkkinchitik chiziqli, deb ataladi va sport tashkilotlarida ishni rahbar tomonidan yo'naltirilishini va boshqarilishini ta'­ minlaydi.
Sport tashkilotlarining tashqi muhitdan bog'liqligi uni ochiq sistema holatida faoliyat yurgizishini ta'minlaydi. Sistemadeganda, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlaridagi barcha elementlarning majmuasi ko'zda tutiladi. Sport tashkilotlarining ichidagi va tashqarisidagi elementlarning bir birlari bilan bog' liqligi, aloqa va munosabatda bo'lishi, ularning ma'lum darajada yaxlitligini va birgaligini bildiradi. Ya'ni sistemalarni moddiy va abstrakt turkumlarga bo'linadi. Moddiysi organik tabiatli bo'lmagan sistema Uismoniy, geologik, ximik va boshqalar) va tirik sistema (biologik sistema, tirik tanalar, ekosistemalar va boshqalar), moddiy tirik sistemanmng alohida turkimi ijtimoiy sistema (oddiy ijtimoiy birlashmadan tortib, to jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy tizimlar)dan iboratdir. Abstrakt sistema tushunchalar, gipotezalar, nazariyalar va boshqalardan iboratdir.
Har qanday sport tashkiloti ochiq sistema sifatida ikki xii xususiyatga egadir - chegaralanish va atrof-muhit, shu bilan bir
qatorda, nisbatan alohidalik va o'zaro bog'langanlik asosida har xii boshqaruv pog'onalariga to'g'ri keladigan sistemaning alohida bo'lakchalaridan iborat bo'ladi. O'z navbatida, sistemaning alohida bo'lakchalari alohida mustaqil sistema, deb qaralishi ham mumkin. Demak, sport klubi (tashkiloti) ochiq sistema sifatidao'z tarkibiga quyidagi tarkibiy qismlarni (podsistema) kiritishi mumkin: ma'muriy apparat, murabbiylar tarkibi, xizmat qiluvchi yoki texnik personal, sportchilar jamoasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda, o'z navbatida, har sanab o'tilgan qismlar (podsis­ temalar) boshqa bir ochiq sistema sifatida ko'rilishi mumkin, lekin uning ierarxik pog'onasi boshqa bo'ladi.
Sport tashkilotlarini boshqarishdagi murakkab masalalardan biri umumiy sistemaning chegaralarini belgilashdan iboratdir. Sistemaning chegaralarini belgilashning murakkabligi sport tashkilotlarini boshqarishdagi masalalarga qaysi nuqtayi nazardan qaralishiga bog'liq. Masalan, sport inshootlari, sport klublari menejeri nuqtayi nazaridan ochiq sistema sifatida, birinchi navbatda, chegarasining joylanishi, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalarning xususiyatlari, yordamchi inshootlar obyektlari hamda tomoshabinlarga ajratilgan o'rindiqlar soni va boshqalar bilan belgilanadi.
Sport inshootlari qurilishi menejeri nuqtayi nazaridan qaralganda,
sport klublari chegarasi sifatida ularni kengaytirish, qayta qurish yoki qayta ta'mirlash ko'zda tutiladi. Bunday ishlarning barchasi sistemaning tashqarisida joylashgan bo'lib, uning atrof muhiti hisoblanadi (ya'ni, tashqi muhit).
Shunday qilib, sport tashkilotlari, ochiq sistema hisobida atrof muhiti bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ushbu o'zaro munosabatlar juda bo'lmaganda quyidagi uchta tushunchalar orqali tavsiflanadi:
iste'mol qilish (xomashyo va zaxiralarni tashqi muhitdan qabul qilish);
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish maqsadida zaxiralarni qayta ishlash va transforrnatsiyalash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar;
mahsulot ishlab chiqarish (sport tovarlari va sport xizmatlari).
Boshqacha so'z bilan aytganda, har qanday sport tashkiloti o'z faoliyatida uchta o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarni amalga oshiradi:
xomashyo va zaxiralarni tashqi muhitdan olish;
xomashyo va zaxiralarni qayta ishlab (qayta o'zgartirib), mahsulotga (sport tovari va sport xizmatiga) aylantirish;mahsulotni (sport tovarlari va sport xizmatlarini) tashqi muhitga uzatish.
Har qanday sport tashkiloti insonlar tomonidan o'zlarining umumiy maqsalarini amalga oshirish uchun yaratilgan obyekt bo'lganligi sababli, uning ichki muhit faoliyati, asosan, boshqaruv qarorlari va boshqaruv harakatlari orqali amalga oshiriladi. Rahbariyatning e'tiborini tortadigan eng zarur narsalar: maqsad, tizim (struktura), masalalar, texnologiya, xodimlar va sport tash­ kilotining boshqaruvidagi tashkiliy madaniyat hisoblanadi. Ushbu omillar har qanday sport tashkilotining ichki o'zgaruvchan parametrlaridir.

Download 52.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling