Аннақулов Исматулла


Download 216.5 Kb.
bet1/13
Sana28.12.2022
Hajmi216.5 Kb.
#1011349
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bola ijtimoiylashuvida milliy mentalitetning o`rni


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


PEDAGOGIKA FAKULITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ta‘limyo`nalishi
sirtqi 2-bosqich 19/1-guruh talabasi
O'ralov Abdurasulning
IJTIMOIY PEDAGOGIKA
fanidan yozgan



MAVZU: Bola ijtimoiylashuvida milliy mentalitetning o`rni.


RAHBAR: “Pedagogika va menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi ABDUXAMIDOV SARDOR MARDANAQULOVICH
CHIRCHIQ – 2021

M U N D A R I J A




KIRISH…………………………………………………….........

3

I BOB:

BOLA IJTIMOIYLASHUVI............................ ................

5

1.1.

BOLANING RIVOJLANISHI..................................................

5

1.2.

SHAHS IJTIMOIYLASHUVI............... .................... ....................

12

II BOB:

BOLA IJTIMOIYLASHUVIDA MINTALITETNING O`RNI. ……………………….........

11

2.1.

BOLANING IJTIMOIYLASHUV JARAYONI....................

14

2.2.

MILLIY MINTALITETIMIZ............................. .........

29




UMUMIY XULOSA VA TAKLIFLAR ..................................

23




FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ..................

25




ILOVALAR ...........................................................................






K I R I S H
Bolani komil etib shakllantirishga zamin yaratishda oilaning
o‘rni va roli beqiyosdir. Oilada bolani komil inson qilib tarbiyalashga
zamin yaratish ota-onalar zimmasiga yuklatilgan. Bu haqda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 64-moddasida «Ota-onalar
o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga
majburdir»1 - va O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-
moddasi «Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va
tarbiyalashi shart. Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti
uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘ligi, jismoniy, ruhiy,
ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Ota ona o‘z bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada
ta’lim olishni ta’minlashi shart»2 -deb belgilab ko‘rsatilib, otaonalarga
ijtimoiy pedagogik talablar qo‘yadi. Oila jamiyatning asosiy
bo‘g‘inini tashkil qiladi, oila tarbiyasini to‘g‘ri tashkil qilmay,
oilalarning barqarorligini va mustahkam bo‘lishini hamda jamiyatning
ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Shu nuqtai nazardan
yondashganda oila sharoitida ota-onalarning tarbiyachilik
madaniyatini tashkil qilish, to‘ldirib borish va takomillashtirish
bag‘oyat muhim oilaviy pedagogik muammolardandir.
Mazkur muammoni hal qilishida oilaning ta’lim-tarbiyaviy
imkoniyatlari oshirish haqida muhtaram Birinchi prezidentimiz Islom
Karimovning «Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiligini
ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, shu bilan birga
kelajak nasllar qanday inson bo‘lishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan
tarbiya o‘chog‘idir»3 -deb bildirgan fikri nihoyatda hayotiy. Shuning
uchun ham oilada ota-onalar oilaning ta’lim-tarbiyaviy
imkoniyatlaridan to‘la-to‘kis foydalanishlari shart. Agar ota-onalar
oila sharoitida bunday imkoniyatlardan foydalana olmasalar hayot
davom etmay, avlodlar davomiligi ham davom etmaydi. Shuning uchun biz ota-onalar xohlaymizmi yo‘qmi hayot davom etishi uchun
bu talabni bajarishimiz darkor.



Download 216.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling