Sport turlariga o‘quvchilarni tanlash va yo‘naltirishning fiziologik asoslari. Reja
Xo‘sh, qanday qilib hayotimizni o‘zgartirsak va uzaytirsak bo‘lar ekan?
Download 35.88 Kb.
|
ABDURAXMONOVA MEXRINISO 11-20(1)
Xo‘sh, qanday qilib hayotimizni o‘zgartirsak va uzaytirsak bo‘lar ekan?Texnologik qayta ishlashga uchragan go‘shtni tanovul qilmang – 4 yil umr qo‘shiladiTaomni tez pishiradigan restoranlarda iste'mol qilishni kamaytirish bilan umringizni 4 yilga cho‘za olasiz. Yetarli miqdordagi kalsiy iste'mol qilish – yarim yil qo‘shadi. Har kuni choy va qahva bilan sut ichishning o‘zi yoshimiz katta bo‘lganida osteoporozning oldini olish uchun bizga kerakli miqdordagi kalsiyni ta'minlab bera olmaydi. Kaltsiy yana pishloq va bargsimon sabzavotlar tarkibida ham uchraydi. Mana shunday mahsulotlarni kundalik taomnomamizga qo‘shishimiz maqsadga muvofiq. Kundalik mashg‘ulotlar – 5 yil qo‘shadi. Umrimizni uzaytirish uchun faqatgina ovqatlanish tarzimizni o‘zgartirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Haftasiga 2-3 marta shug‘ullanib turish ham koni foyda. Mashg‘ulotlar davomiyligi mo‘'tadil aerobik mashqlar bilan birgalikda 150 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak. Shu tarzda siz yurak kasalliklari va qandli diabet xavfini oldini olishingiz, kayfiyatingizni ko‘tarib, o‘zingizni tetik his qilishingiz mumkin. Muntazam vrach ko‘rigidan o‘tish – yarim yil qo‘shadi. Ko‘proq mashq qilishga harakat qiling-u, lekin vrach nazoratidan o‘tib turishni ham kanda qilmang. Doktor huzuriga borish kasallikning oldini olishga yoki uni butkul bartaraf etishga sabab bo‘ladi. Bu ayniqsa, oilasida irsiy kasalligi mavjud bo‘lgan kishilarga taalluqlidir. Vrach ko‘rigiga muntazam boring, biroq berilib ketmang. Vaqtingizni ko‘proq oila a'zolaringiz va do‘stlaringiz bilan o‘tkazing – bu bilan yana yarim yil yutasiz. Yaqinlaringiz va qarindosh-urug‘ingiz har qanday qiyin damlarni va stressni yengishga ko‘maklashadi. Ijobiy munosabatlar yil o‘tgan sayin insonni aqliy faoliyatini tezlashtiradi va ijtimoiy hayotda faollashtiradi. Ultrabinafsha nurlanishning oldini oling – yarim yil qo‘shiladi. Agar siz quyosh nuri terimga ta'sir qilmaydi, deb o‘ylasangiz va uni quyoshdan himoya qilmasangiz, bu xatoingiz uchun javob berishga to‘g‘ri keladi. Quyosh nuri teri saratoniga olib kelishi mumkin. Download 35.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling