Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti
Download 51.88 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Jismoniy tayyorgarlik: Futbolchilarni tezligi, kuch,chidamkorlik, egiluvchanligini va chaqqonligini tarbiyalash Reja
T oshlent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti” MUSTAQIL ISH Mavzu: Jismoniy tayyorgarlik: Futbolchilarni tezligi, kuch,chidamkorlik, egiluvchanligini va chaqqonligini tarbiyalash Bajardi: Abdullayev T Qabul qildi: Shermatov M Chirchiq-2021 Mavzu: Jismoniy tayyorgarlik: Futbolchilarni tezligi, kuch,chidamkorlik, egiluvchanligini va chaqqonligini tarbiyalash Reja: Kirish 1. Futbolchilarning tezlik va kuch sifatlarini tarbiyalash usullari 2. Futbolchilarning chidamkorlik va chaqqonlik sifatlarini tarbiyalash usullari 3.Futbolchilarning egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalash usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Yosh futbolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashiga, sog’liqini mustahkamlash va mutanosib rivojlanishiga, xilma-xil ko’nikma va malakalami egallab olishiga, futbol o’yini texnikasi va taktikasining boshlang’ich asoslarini o’rga-nishiga qaratilgan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tayyorgarlikning bu vaqtdagi vazifasi, awalo, yosh futbolchilaming harakat funksiyalarini (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik), shuningdek o’z harakatlarini vaqt ora!ig’ida (havoda va mushaklaming zo’r berishi darajasiga ko’ra boshqara bilish harakat funksiyasining asosiy komponentlaridir) shakllantirishdan iborat bo’ladi. Harakatlar tezligini tarbiya-lashga katta e’tibor berish kerak. Chunki bolalik va o’smirlik yoshida ana shu eng muhim jismoniy sifatni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjuddir. Shuni qayd qilish kerakki, dastlabki tayyorgarlik va boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichlarida tezkorlik chaqqonlik bilan mustahkam bog’liq ravishda tarbiyalanadi, bu esa siljishning (bir joydan ikkinchi joyga o’tishning) rasional texnikasini muvaffaqiyatli egallab olish uchun zarur asos yaratadi. 8-12 yoshlar oralig’ida yugurishdagi maksimal tezlikning anchagina ortishi harakatlar tezligining tabiiy o’sishi bilan bog’liq. 12-14 yoshda esa tezlik asosan tezlik-kuch sifatlarining va mushak kuchining o’sib borishi tufayli ortadi. Shuning uchun tezkorlikni rivojlantirishda yugurish sur’ati va kata mushak kuchini talab etadigan harakatlar chastotasini maksimal ravishdaoshirishga harakat qilish kerak. Bunda tabiiy harakatlarga ko’proq o’rin berish lozim. O’yin, musobaqa formasida bajariladigan sport o’yinlari vaharakatli o’yinlar, mashqlar ham juda katta yordam ko’rsatishi mumkin. O’yin mashqlarini bajarish yosh fiitbolchilami g’alabaga erishish uchun maksimal kuch sarflashga majbur etadi. Download 51.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling