Sportcha yurish va uning qisqacha rivojlanish tarixi
Download 0.54 Mb.
|
1. SPORTCHA YURISH 201121130200
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy yurish
- Safda yurish
- Tog’li sharoitda yurish (poxodda yurish)
Sportcha yurish va uning qisqacha rivojlanish tarixi. Insonning joydan-joyga kuchishi oddiy usul bo’lib, turli yoshdagi kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi. Uzoq va bir tekis yurganda insonning tana a’zolaridagi barcha mushaklar faol ishlaydi, organizmdagi yurak-qon tomir tizimi, nafas olish sur’ati faoliyati yaxshilanadi, natijada organizmda modda almashinuvi jadallashadi. Yurishning jismoniy mashq sifatida insonlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda, sog’ligini mustahkamlashda ahamiyati kattadir. Yurishning har xil turlaridan inson hayotiy ehtiyojlari uchun foydalanib keladi. Jumladan, oddiy yurish, sayrda yurish, safda yurish, tantanali yurish, tog’li sharoitda yurish va sportcha yurish turlari mavjuddir. Oddiy yurish – insonni joydan-joyga ko’chishidagi tabiiy usuldir. Bunda insonlar kundalik hayotida bevosita foydalanib keladi. Sayrda yurish – tabiat qo’ynida, bog’ va hiyobonlarda sayr etib yurishdir. Bunda insonnnig markaziy asab tizimi faoliyati yaxshilanadi va sog’likni tiklashda tavsiya etiladi. Safda yurish – bu yurish turi asosan qurolli kuchlar harbiy qismlari, bo’linmalar, sport tashkilotlari va turli sport tadbirlarini tashkil etishda keng qo’llaniladi. Tantanali yurish – turli rasmiy marosimlar va tantanalarda foydalaniladi. Jumladan, “Baxtiyor Ona” va “Mustaqillik” monumentlari poyiga gulchambarlar qo’yishda tantanali yurish ifoda etiladi. Tog’li sharoitda yurish (poxodda yurish) – bunda turli qiyalik va balandliklarga ilonizi yo’nalishida ko’tarilish va tushish demakdir. U boshqa yurishlarga nisbatan kishidan jiddiy e’tibor va havfsizlik choralariga rioya etishni talab etadi. Sportcha yurish – bu yurish turi boshqa yurish turlariga nisbatan o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Sportcha yurish oddiy yurishga nisbatan 2-2.5 marta yuqori tezlikda ijro etilishi va qadamlar uzunligi bilan farqlanadi. Oddiy yurishda qadamlar uzunligi 50-60 sm.ni tashkil etsa, sportcha yurishda esa 100-120 sm.ni tashkil etadi. 1-rasm. Sportcha yurish musobaqasi Yurishning texnik jihatdan eng qiyini sportcha yurish bo’lib, 3, 5, 10, 20, 30, 50 km. masofalarda musobaqalar o’tkaziladi. Yurish musobaqasida qatnashuvchilar qoidada belgilangan yurish texnikasi xususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi bir lahza bo’lsa ham ikkala oyoq bir vaqtda erdan uzilib, uchish fazasini yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Oyoqlardan birontasi yerga tegmay turgan fursat sodir bo’lgudek bo’lsa, sportchi yurishdan yugurishga o’tgan hisoblanadi. Qoidaga rioya etmagan sportchi hakamlar tomonidan musobaqadan chetlatiladi (Sportcha yurish bo’yicha musobaqa qoidalari bo’limiga qaralsin). Sportcha yurishning rivojlanish tarixi o’ziga xos bo’lib, u XIX asr o’rtalaridan boshlab Yevropa mamlakatlaridan rivojlana boshladi. Ayniqsa, Angliyada (Buyuk Britaniya) xududida musobaqalar 1867 yilda tashkil etilib, 7 mil’ masofalarda sportchilar musobaqalashgan. Dastlabki musobaqalar sportcha yurishda juda uzoq masofalar tashkil etilgan. Masalan, o’sha davrda Vena (Avstriya) va Berlin (Germaniya) davlatlari o’rtasida 578 km masofaga musobaqalarda sportchilar kuch sinashgan bo’lsalar, keyinchalik Parij (Fransiya) Belford (Germaniya) shaharlari o’rtasidagi 496 km masofalarda musobaqalar tashkilib etilib o’tkazilib kelingan. Olimpiyada o’yinlariga sportcha yurishni kiritishdan oldin Turin (Italiya), Marsel (Fransiya), Barselona (Ispaniya) 1100 km masofaga yurish bo’yicha musabaqalar tashkil etilgan. Bu davrda ushbu musobaqaga Yevropa mamlakatlari sportchilari asosan ishtirok etishgan bo’lsalar keyinchalik sportcha yurishni Olimpiya o’yinlari safidan joy olishiga ushbu musobaqalar ham o’z ta’sirini ko’rsatganligi haqida ham ma’lumotlar bor. Boshqa bir manbaalarda taniqli angiliyalik piyoda yuruvchi kapitan Robert Barklay Allardays 1801 yilda 110 milya (177 km) masofani 19 soat 27 daqiqada bosib o’tganligi haqida ma’lumot berilgan bo’lsa, 1805 yilga kelib 72 milya (116 km) masofani ertalabdan kun botgunga qadar yurib o’tganligini bayon etilgan. U 1809 yilning 1-12 iyul kunlari oralig’ida rekord natijani qayd etgan. U har soatda rejalashtirilgan masofani yurib o’tib, o’n ikki kun mobaynida 1609 km.dan ortiq masofani bosib o’tgan. Aynan shu davrda dunyoning boshqa qit’asida amerikalik Eduard Ueston ismli tez yuruvchi yigit ham sportcha yurish bo’yicha o’sha davrning taniqlilaridan biri bo’lgan. U 1839 yilda Boston va Vashington shaharlari o’rtasidagi 770 km masofani 10 kun 10 soatda bosib o’tganligi haqida ma’lumotlar bor. Bu bilan u Amerikada sportcha yurish turini ommalashishiga katta xissa qo’shgan asosiy sportchilar sarasiga kiradi. Angliyada yana bir sportchini Djon Chembers sportcha yurish turini ommalashuvida asoschilaridan hisoblasak mubolag’a bo’lmaydi. U 1866 yilda 7 milya masofaga o’tkazilgan sportcha yurish musobaqasida g’olib bo’lganligi haqida ma’lumot berilgan. Angliya o’sha davrda sportcha yurish turini ommalashuvida asosiy vazifani o’tagan. O’sha davrda tashkil etilgan har xil doiradagi sportcha yurish musobaqalarni tashkil etilishi va o’tkazilgan dunyoning boshqa davlatlarida ham sportcha yurish ommalashuviga sabab bo’lgan. Keyinchalik Germaniya, Italiya, Kanada, Shvetsariya, Avstriya davlatlarida ham sportcha yurish ommalashib rivojlana boshlagan. 1860 yillardan boshlab 1908 yilgacha har xil doiradagi sportcha yurish musobaqalari turli davlatlarda o’tkizilinib rivojlantirilgan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling