Sportcha yurish va uning qisqacha rivojlanish tarixi


Sportcha yurish bo’yicha musobaqa qoidalari


Download 0.54 Mb.
bet8/8
Sana20.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1216228
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. SPORTCHA YURISH 201121130200

Sportcha yurish bo’yicha musobaqa qoidalari.
Yengil atletikada sportcha yurish musobaqalari stadion yo’laklari va shaharning katta ko’chalarida o’tkaziladi. 10 km.gacha bo’lgan masofalarga sportcha yurish musobaqalari stadion yo’laklarida, 10 km.dan ortiq masofaga esa shaharning katta ko’chalarida o’tkaziladi.
Sportcha yurish bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalarda sportchilar qoidalarda belgilangan tarzda kiyim-bosh va poyabzalda qatnashishiga ruxsat etiladi. Oyoq kiyimsiz va kiyimboshsiz musobaqaga qatnashishga ruxsat etilmaydi.
Masofa bo’ylab sportchi yo’lak yoki yerda doimiy tayanch holatida bo’ladi. Sportchining oyog’i bir lahza bo’lsada, erdan uzilishiga ruxsat etilmaydi. Hakamlar tomonidan shu kabi holat kuzatilsa, sportchi ogohlantiriladi yoki musobaqadan chetlatiladi. Shuningdek, sportchining oldinga uzatgan oyog’i yo’lakka tegib to shu oyoq vertikal holatga kelmaguncha tizza bo’g’imidan bukilishi ta’qiqlanadi. Aks holda sportchi ogohlantiriladi yoki musobaqadan chetlatiladi. Ruxsat etilmagan holatlarda sportchini musobaqadan chetlatish shu sportchi finishga kirib kelganidan so’ng amalga oshiriladi. Hakamlar masofa bo’ylab sportchilarni kuzatib boradi.
Har qanday ogohlantirish talab etiladigan holatda hakamlar shu sportchiga sariq rangdagi to’lqinsimon ( ) shakl tushirilgan ogohlantirish taxtachasini ko’rsatadilar. Agar oyoqlar yurib ketayotgan vaqtda tizza bo’g’imidan bukilishi holati kuzatilsa burchak shaklidagi belgi ( ) bilan ogohlantiriladi. Sportchiga har qaysi ogohlantirish belgilari ko’rsatilgan holatlarda sportchi o’ziga ogohlantirish e’lon qilinganini tasdiqlagan holda qo’llarini ko’tarib qo’yishi lozim.
Musobaqadan chetlatilgan sportchilar musobaqa stadionda o’tkazilayotgan bo’lsa ko’krak raqamini olib shu vaqtning o’zida yo’lakdan chetga chiqishi, stadiondan tashqarida o’tkaziladigan musobaqalarda esa yo’l chetiga chiqishi talab etiladi. Ayrim holatlarda butun masofani yurib o’tganidan keyin ham sportchilar musobaqadan chetlashtiriladi. Bunga musobaqa davomida yuqorida qayd etilgan xatolardan biri yoki bir nyechtasi kuzatilsa, musobaqa hakamining qaroriga asosan sportchi diskvalifikatsiya qilinadi.
Stadionda va shahar ko’chalarida o’tkaziladigan musobaqalar vaqtida sportchilar masofa bo’ylab yurib ketayotgan holatda musobaqa tashkilotchilari tomonidan ruxsat etilgan maxsus joylardan suv ichishi va turli yengil eguliklarni iste’mol qilishiga ruxsat etiladi.
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling