Sportchi Dilshodbek Jabborov va murabbiy Sanjar Xushmurodov klassifikatsiya bilan bog'liq no’togri xatti-harakatlari uchun to'rt yilga diskvalifikatsiya qilindi


Download 21.75 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi21.75 Kb.
#1642497
Bog'liq
Para yengil atletika tarjima qo\'shimcha


Sportchi Dilshodbek Jabborov va murabbiy Sanjar Xushmurodov klassifikatsiya bilan bog'liq no’togri xatti-harakatlari uchun to'rt yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Jahon Para Atletikasi sportchi Dilshodbek Jabborov (Sodiqov) va murabbiy Sanjar Xushmurodovni klassifikatsiya bilan bog'liq no’togri xatti-harakatlari uchun to'rt yil muddatga diskvalifikatsiya qildi.


Jahon Para Atletikasi va O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi o'tkazgan surishtiruv natijalariga ko'ra, Dilshodbek Jabborov ilgari Dilshodbek Sodiqov nomi ostida ro’yhatdan o’tgan va Para atletika bo'yicha musobaqalarda qatnashish huquqiga ega emas deb topilgan.


Keyinchalik sportchi va uning murabbiyi sportchini xalqaro klassifikatsiyadan o'tkazish maqsadida uni qayta ro'yxatdan o'tkazishga va boshqa nom ostida yangi sportchi sifatida Jahon Para Atletikasi tomonidan tan olingan musobaqada qatnashishtirishga harakat qilgan.




Bo'lib o'tgan vaziyat tarixi

Sportchi ilk bor Bahrayn-2021 Yoshlar o'rtasida Para Osiyo o'yinlarida Dilshodbek Sodiqov nomi bilan xalqaro klassifikatsiya tekshiruvida bo’lgan va Jahon Para Atletika Klassifikatsiya Paneli tomonidan sport klassi muvofiq emas deb topilgan. Ikkinchi klassifikatsiya Paneli sportchining klassifikatsiya tekshiruvi tugallanmagan deb topgan.


2022-yilning oktyabr oyida sportchi O'zbekistonning Toshkent shahrida bo'lib o'tgan milliy musobaqada Jabborov familiyasi bilan ishtirok etgan. Musobaqada ko’rsatgan natijalariga ko’ra u O'zbekiston terma jamoasiga saralab olingan va 2023-yil fevral oyida Tunis Jahon para atletika Gran-prisida xalqaro klassifikatsiya ko’rigidan o’tishga qoyilgan va bundan oldin boshqa nom ostida klassifikatsiyadan o’tganligini ma’lum qilmagan.


Jahon Para Atletikasi sportchining shaxsiga oid ma’lumotdan shubxaga borib, sportchini xalqaro klassifikatsiyaga kirish yoki Jahon Para Atletikasi tan olingan musobaqalarida qatnashishga yo’l q’oymagan. Jahon Para Atletikasi ushbu ma’lumotlarni O'zbekiston Milliy paralimpiya qo’mitasiga taqdim etgan va sportchining shaxsiga oid ma’lumotlarni tasdiqlashni so'ragan. Mart oyida O'zbekiston MPQ Jahon Para Atletikasiga ikkala sportchi ham bir shaxs ekanligini ma'lum qilgan.




No’togri xatti-harakatlarning oqibatlari

Jahon Para Atletikasi tomonidan ushbu xolatga duch kelgan sportchi va murabbiy o'zlarining noto'g'ri xatti-harakatlarini tan oldilar va Jahon Para Atletikasi tomonidan quyida berilgan qarorlarni qabul qildilar, xususan:





  • Sportchi 2023-yilning 24-martidan 2027-yilning 23-martigacha to'rt yil muddatga Jahon Para Atletikasi tomonidan tan olingan musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirildi.




  • Murabbiy 2023-yilning 24-martidan 2027-yilning 23-martigacha Jahon Para Atletikasi tomonidan tan olingan musobaqalarda qatnashishdan yoki boshqa har qanday ishtirokdan to’rt yil muddatga chetlashtirildi.

O'zbekiston MPQ ham ushbu ish bo'yicha o'z tergovini amalga oshirdi va milliy darajada quyidagi intizomiy choralar ko'rdi:





  • Para yengil atletika terma jamoasi sportchisi D. Jabborov (Sodiqov) qasddan o’zining shaxsiga oid ma’lumotlar o’zgartirilganligi to’g’risida o’z vaqtida Qo’mitaga xabar bermaganligi uchun paralimpiya terma jamoa tarkibidan 4 yilga chetlashtirildi.




  • Trener S.Xushmurodov o’ziga ma’lum bo’lgan ma’lumotni, ya’ni D.Sodikov shaxsiga tegishli hujjatlarda familiya-sharifi D.Jabborovga o’zgartirilganligi to’g’risida xabarni Qo’mitaga xabar bermasdan harakatsizlik qilganligi uchun paralimpiya terma jamoa trenerligi faoliyatidan 4 yilga chertlatirildi.

O'zbekiston MPQ, XPQ tergov jarayonida hamkorlik qildi va sportdagi keyingi qonunbuzarliklarga qarshi kurashish uchun Jahon Para Atletikasi bilan yaqindan hamkorlik qilish majburiyatini oldi.


Shuningdek, O'zbekiston MPQga, sportchining shaxsiga oid ma’lumotlarini va oldingi klassifikatsiya natijalarini to'g'ri talqin qilmasdan, uni xalqaro klassifikatsiyaga yuborganligi uchun rasmiy ogohlantirish berildi va bunday hodisa boshqa takrorlanmasligi uchun choralar ko'rishga kelishib olindi.

Jahon Paralimpiya Sporti tashkiloti boshqaruv direktori Christian Holtz shunday dedi: "Men Jahon Para Atletikasi va uning klassifikatsiyalash jamoasiga ushbu xolatni tekshirib chiqib, sportdagi sog'lom raqobatni himoya qilish borasidagi sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu jiddiy xato bo'ldi, lekin ayni paytda Para atletikada adolatli raqobatni ta'minlash uchun klassifikatsiyalash tizimi kuchliligini eslatdi."




Qo'shimcha ma'lumotlar – Eslatmalar

Barcha sportchilar va ularni qo'llab-quvvatlovchi xodimlar Jahon Para Atletikasi Klassifikatsiya qoidalari va tartiblarini bilishlari, ularga rioya qilishlari hamda sportchilarni baholashda vijdonan ishtirok etishlari uchun shaxsan javobgar ekanliklarini eslatib o’tamiz.




Para atletikada ishtirok etuvchi barcha Milliy Paralimpiya qo'mitalari va Milliy federatsiyalar sportchilarni shaxsiga oid malumotlarni to’liq tasdiqlashi va ularning Para atletika musobaqalarida qatnashishga muvofiqligini tekshirib, sportchini litsenziyalashi va xalqaro klassifikatsiyaga jo’natishlari bo’yicha mas'ul ekanliklarini eslatib o'tamiz.
Download 21.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling