Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashda jismoniy madaniyatning ijtimoy-psixologik xususiyatlari
Xavotirlanish darajasini o‘rganish so‘rovnomasi ko‘rsatkichlari (Styudentning t-mezoni bo‘yicha)
Download 0.61 Mb.
|
Monografiya SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA
Xavotirlanish darajasini o‘rganish so‘rovnomasi ko‘rsatkichlari (Styudentning t-mezoni bo‘yicha)
3.1-jadval
Sportchilarda psixologik salomatlik bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sportchilarda xavotirlanish darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillarni amaliy jihatdan tadqiq qilishda natijaga erishishni o‘lchashga xizmat qiluvchi so‘rovnoma va metodikalardan foydalanildi. Shu jihatdan olib qaralganda Farg‘ona viloyati olimpiya zahiralari kolleji va BO‘SM o‘smir sportchilarining o‘qish va jismoniy tayyorgarlik vaqtida turli hil qiyinchiliklarga duch kelishi, natijaga erishishning murakkab kechishi, murabbiy va o‘quvchilar bilan shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishida nostandart vaziyatlardan tez va oson chiqa olishida intellektual sifatlar yordam beradi. Spilberger-Xaninning “Xavotirlanish darajasi” so‘rovnomasi aniqlik kiritish imkoniyatini berdi. Sportchi o‘quvchilarda xavotirlanish darajalari so‘rovnomasiga ko‘ra, birinchi shkala ya’ni shaxs bilan bog‘liq xavotir 40-45 miqdor bilan o‘rtachaga yaqin natijani namoyon qilgan. (3.1-jadval). Bu sportchi o‘smir o‘quvchilar natijaga erishishga endilikda qadam qo‘ygani, jamoadoshlari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yib boshlagani, turli hil qiyinchiliklarga duch kelishi, berilgan topshiriqlarni bajarishda noqulayliklarning vujudga kelishi, jismoniy mashg‘ulotlarga tayyorgarlikning muntazam ravishda kechishi va murabbiylarning buyruqlarini so‘zsiz ravishda bajara olishi kabi pedagogik-psixologik omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Psixologik salomatlik o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o‘zi uchun kamroq qiymatga molik hatti-harakat motivlarini bo‘ysundiradi. Ustuvor motivlar qo‘shimcha ko‘makchi motivlarni muayyan yo‘nalishga safarbar qilib, umumiy maqsadga xizmat qildiradi. Shu jihatdan jismoniy mashg‘ulotda jamoaviy menning ustunligi o‘smirlarda ijtimoiy-natijaga erishishni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatda o‘smir o‘quvchilarda jahldorlik, sabrsizlik, nima bo‘lishidan qat’iy nazar belgilangan maqsadga erishish istagi paydo bo‘lishi kuzatiladi. Shaxsning xulq-atvori primitiv, noelastik bo‘lib, frustrasiya ob’yektiga nisbatan, shu paytgacha o‘zlashtirilgan hatti-harakat namunalari qo‘llanadi. Masalan, bolalik chog‘ida ota-onaning bola tarbiyasi borasida o‘zaro bir-birini ayblash holati bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan bo‘lsa, bunday bolalarda aynan shunday reaksiya shakllanadi. Bu turdagi shaxslar frustrasion to‘siq yuzaga kelgan paytda buni vujudga kelgan vaziyatning ta’siri deb tushunadi hamda bu vaziyat va omadsizlikda o‘zidan boshqa barchani ayblaydi ya’ni hamma muammoli vaziyatni tashqi omillar orqali qidiradi. Keyingi shkala vaziyatli xavotir bo‘yicha 39-46 miqdorni namoyon qilgan. Har ikki shkalada ham xavotirlanish darajasi ikki guruh sinaluvchilarida yuqoriroq namoyon bo‘lganligi aniqlandi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling