Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashda jismoniy madaniyatning ijtimoy-psixologik xususiyatlari


-rasm Psixologik salomatlikni o‘rganish so‘rovnomalari


Download 0.61 Mb.
bet16/22
Sana21.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1641855
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Monografiya SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA

1-rasm
Psixologik salomatlikni o‘rganish so‘rovnomalari
O‘smir yoshdagi sportchilarda psixologik salomatlikni ta’minlovchi psixologik omillar yuzasidan olib borilgan Tadqiqod natijalari jismoniy mashg‘ulot davridagi natijaga erishishni psixologik jihatdan tadqiq qilishda natijaga erishishni o‘lchashga xizmat qiluvchi so‘rovnomalardan foydalanildi. Sportchi o‘smirlarda birinchi shkala ya’ni shaxs bilan bog‘liq xavotir 38-40 miqdor bilan quyi natijani namoyon qilgan. Bu sportchi o‘smirlar turli hil qiyinchiliklarga duch kelishi va jismoniy mashg‘ulotlarga tayyorgarlikning muntazam ravishda kechishi kabi ijtimoiy-psixologik omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Keyingi shkala vaziyatli xavotir darajasi sportchi o‘smirlarda 32-38 bilan o‘rtacha darajani tashkil qildi. Bu faktorning ham sportchilarda mavjudligi, sheriklarida kuzatiladigan turli hil emosional holatlar o‘zgarishi ularga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Shu jihatdan jismoniy mashg‘ulotda jamoaviy “Men”ning ustunligi sportchi o‘smirlarda ijtimoiy natijaga erishishni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. (1-rasm)
Keyingi shkalaga ko‘ra, sportchi o‘smirlarning muvaffaqiyatga erishish shkalasi bo‘yicha olgan natijalari 15-12 darajani namoyon qilgan. Bu esa, sportchi o‘smirlarda natijaga erishish ular hayoti davomida yuzaga keladigan agressiv reaksiyalar bilan bog‘liq. Bunday holatda sportchi o‘smirlarda jahldorlik, sabrsizlik, nima bo‘lishidan qat’iy nazar belgilangan maqsadga erishish istagi paydo bo‘lishi kuzatiladi. Shaxsning xulq-atvori primitiv, noelastik bo‘lib, frustrasiya ob’yektiga nisbatan, shu paytgacha o‘zlashtirilgan hatti-harakat namunalari qo‘llanadi. Bu turdagi shaxslar frustrasion to‘siq yuzaga kelgan paytda buni vujudga kelgan vaziyatning ta’siri deb tushunadi hamda bu vaziyat va omadsizlikda o‘zidan boshqa barchani ayblaydi ya’ni hamma muammoli vaziyatni tashqi omillar orqali qidiradi. Keyingi shkala muvaffaqiyatsizlikdan qochish bo‘yicha 8-12 miqdorni namoyon qildi.
Sportchi o‘smirlarda muvaffaqiyatsizlikdan qochish shkalasi standart bal bo‘yicha o‘rtachani tashkil qilgan. Muvaffaqiyatsizlik shaklda frustrasiya yuzaga kelganda shaxsda xavotir hissi, tanglik holati, kamgaplik kuzatiladi. Maqsadga erishish yo‘lida yuzaga kelgan omadsizlik yoki muammoda inson faqat o‘zini ayblaydi, o‘zining xohish-istaklari, intilishlarini cheklaydi yoki ba’zan esa erishmoqchi bo‘lgan maqsadidan yoki bajarayotgan faoliyatidan umuman voz kechadi, negaki u o‘zini bu ishni amalga oshirishga layoqatli emas, deb hisoblaydi. V.A. Krutyeskiy o‘z asarida natijaga erishish tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling