Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashda jismoniy madaniyatning ijtimoy-psixologik xususiyatlari
-rasm Psixologik salomatlikni o‘rganish so‘rovnomalari
Download 0.61 Mb.
|
Monografiya SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm Psixologik salomatlikni o‘rganish so‘rovnomalari
2-rasm
Psixologik salomatlikni o‘rganish so‘rovnomalari Sportchilarda psixologik salomatlik shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik xususiyatlarni amaliy jihatdan tadqiq qilishning natijalari shuni ko‘rsatdiki, qator Tadqiqodlarda shaxsning irodaviy sifatlari deganda insonning irodaviy faollik xususiyatlari sanaladigan tashqi va ichki qiyinchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiluvchi shart-sharoit va holatlarni aniqlashda namoyon bo‘luvchi barqaror shaxslilik qirralari tushuniladi. Irodaviy matonat, vaziyatni engib o‘tish, oqilona harakat, jur’atsizlik, nazorat, kechinmalar namoyishi va madad istagi kabi shkalalar standart bal bo‘yicha o‘rtacha natijani namoyon qilgan. (2-rasm) Psixologik salomatlik tashqi muhitga, ichki jarayonlar va o‘ziga-o‘zi ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirishda barqaror va individual ko‘rinish oladi. Tadqiqodchilar o‘z izlanishlarida qator natijaga erishishni ajratib ko‘rsatganlarki, ularga mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, mustaqillik, sabr-bardoshlik, qat’iyatlilik, g‘ayratlilik, e’tiborlilik, maqsadga intiluvchanlik, jasurlik, ehtiyotkorlik, mo‘ljal oluvchanlik, uyushqoqlik, ijrochilik kabilar kiritilgan. P.M.Yakobson irodaning muhim sifatlariga mustaqillik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik, o‘zini uddalash kabilarni kiritgan bo‘lsa, A.I.Shyerbakov esa, insonning natijaga erishishiga quyidagilarni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, tirishqoqlik va qat’iyatlilik, chidamlilik va o‘zini uddalash kabilardir. Lekin ko‘pgina psixologik adabiyotlarda natijaga erishish qatoriga “ishonch” atamasi kiritib o‘tilmagan. Shunga qaramasdan ishonch iroda sifati tariqasida tadqiq etilishga haqlidir. 3-rasm Psixologik salomatlikni o‘rganish so‘rovnomalari Shunday qilib, psixologik salomatlikni aniqlash va baholash metodikalari bo‘yicha olingan natijalar o‘zlarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. (3-rasm) Standart og‘ish va o‘rtacha farq bo‘yicha sinaluvchilarning olgan natijalari umumiy hisobda barqaror birliklarni tashkil etgan. Tadqiqodchilar o‘z faoliyatlarida xarakatlarning odatiy va qiyinlashtirilgan sharoitlardagi xususiyatlari, ularning mahsuldorligi kabi xodisalarni qayd qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. To‘plangai ma’lumotlar tahlilining ko‘rsatishicha, iroda motivlarda, maqsadlarda, o‘zini o‘zi baholashda,maqsad sari xarakatlarda, faoliyatda o‘z ifodasini topar ekan. Xuddi shu bois iroda-bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni engishni talab qiladigan shijoat va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarishdir. Ijtimoiy-psixologik ehtiyojga asoslangan holda mamlakatimiz yoshlarini komil inson qilib kamol topirtish uchun ularni o‘zini o‘zi anglash va boshqarishga o‘rgatish zarur. Buning natijasida, mustahkam irodali, prinsipal, qat’iyatli, uzoqni ko‘zlovchi, tyeran fikrlovchi, aql-zakovatli, vatan tuyg‘usi bilan yonuvchi haqiqiy milliy vatanparvar yoshlarni jamiyat hayoti uchun, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllantiriladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling