Sportchi shaxsining psixologik jabhalari


Download 15.22 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi15.22 Kb.
#1833218
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma\'ruza

SPORTchi SHAXSining PSIXOLOGIk jabhalari

Reja:

  • Sportda shaxs shakllanishining psixologik jihatlari
  • Yuqori toifali sportchi shaxsining o‘ziga xos jihatlari
  • Yuqori ko‘rsatkichli sportda shaxs motivatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari
  • Sportchi shaxs faoliyatiga asab tizimi va temperamentning ta’siri
  • Sportda individual faoliyat uslubi
  • Chempion-sportchining shaxsiy sifatlari

Sportda shaxs shakllanishining psixologik jihatlari

  • SHaxs - bu jamiyatda alohida o‘ringa ega, o‘zini qurshab turgan muhitni o‘zgartirish uchun faol harakat qilishga qodir, ijtimoiy rivojlanishning aniq vakilidir.
  • SHaxsni shakllantirish butun tarbiya tizimi vositasida ta’minlanib, u insonning ko‘pqirrali faoliyat turlaridagi ijtimoiy faoliyati jarayonida amalga oshadi.
  • SHaxsning rivojlanishiga quyidagi turli faoliyat sohalari ta’sir ko‘rsatadi, jumladan: mehnat, ijtimoiy, sport, ta’lim va tarbiya, g‘oyaviy-siyosiy va badiiy tarbiya. Bularga qo‘shimcha qilib, yana sportchilar o‘z hayotlari, turmush sharoitlari, turli faoliyatlari jarayonida boshqa kishilar bilan birga duch keladigan o‘zaro munosabatlarni ham kiritish kerak. Bundan tashqari shaxsning rivojlanishiga ommaviy axborot vositalari - televidenie, teatr, kino, badiiy adabiyot kabilar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
  • Natijada, yuqorida tilga olingan barcha omillarning mushtarak tarzdagi ta’siri ostida shaxsning psixik birikmasi shakllanadi. (E.V.SHoroxova, B.F.Lomov).
  • SHaxsning psixik birikmasi deyilganda nimani tushunmoq kerak? Psixik birikma muayyan kishiga xos bo‘lgan xarakter yo‘nalishini, temperamentni, intellektual, emotsional va irodaviy jarayonlar kabi xususiyatlarning kechishini ko‘rsatuvchi nisbatan turg‘un birlikdan iboratdir. Mazkur xususiyatlar psixomotor faoliyatlar sohasida o‘z ifodasini topadi, zero mazkur soha shaxsning aniq amaliy faoliyat turlaridagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning eng muhim qismidir. YUqorida tilga olingan fikrlarni, to‘laligicha sportchi shaxsining shakllanishiga ham tatbiq etish mumkin.

Download 15.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling