- “Engilmaslik” –shaxsiy fazilat sifatida, sportchilarning o‘z oldiga sportdan tashqari hayotida ham eng maksimal - yuqori vazifalarni qo‘yib yashashlarini ifodalaydi. SHuni e’tirof etish lozimki, odatda ular hamisha ana shu intilishlariga muvaffaqiyatli tarzda erisha oladilar. “Engilmaslik” kabi shaxsiy fazilat bo‘lg‘usi chempion-sportchilarda, ular ilk bor rasmiy musobaqalarda ishtirok etib, doimo birdek g‘alabalarni qo‘lga kirita boshlagan chog‘laridayoq shakllanadi.
- Tajriba guruhi a’zolarining tarjimai hollarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ularning aksariyati Jahon chempioni yoki Olimpiada o‘yinlarining chempioni unvoniga to‘g‘ridan - to‘g‘ri (ketma-ket va faqat g‘alaba qozonish bilan) erishganlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, zamonaviy professional sport - faoliyat turi sifatida katta g‘alabalarni qo‘lga kiritish uchun mutlaqo mag‘lub bo‘lmaslikni taqozo etadi. CHunki mag‘lubiyat sportchi shaxsiyatidagi o‘z sha’niga hurmat, imkoniyatlariga ishonch kabi eng muhim fazilatlarga qaqshatqich zarba berib, ularni barbod etadi.
- SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, chempion-sportchining yoshlik davridayoq shakllanadigan engilmaslik tuyg‘usi sportchining shaxsiy fazilati sifatida uning tashqi “qiyofasida” (imidjida) ham o‘z ifodasini topadi. Binobarin bu, uning asosiy raqiblariga kuchli psixologik ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |