- Sportda ham boshqa ko‘p sohalarda bo‘lgani kabi insonning induvidualligi juda katta ahamiyat kasb etadi. Sportchi shaxsining induvidual xususiyatlarini to‘g‘ri hisobga olish va buning asosida uning faoliyati uchun maxsus texnik-taktik uslubni shakllantirish orqaligina katta yutuqlarga erishish mumkin. Induvidual faoliyat uslubi deyilganda asab tizimining tipologik xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, faoliyat usullari va vositalari hamda ularni bajarishda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beruvchi reaksiya shakllarining birligi tushuniladi.
- Induvidual faoliyat uslubini shakllantirish asosan temperament hamda asab tizimi xususiyatlarini bartaraf etish yoki ulardagi salbiy tomonlarni tuzatish evaziga emas, balki mazkur faoliyat uchun ularning ijobiy tomonlaridan samarali foydalanish orqali amalga oshiriladi. Har xil sport turi vakillarida kechadigan ushbu jarayonlar mobaynida bir-biriga mutlaqo o‘xshamaydigan reaksiya shakllari, faoliyatning uslub va usullari paydo bo‘ladi.
- SHuni ham ta’kidlash kerakki, har qanday holatda ham, induvidual faoliyat turining shakllantirilishi u yoki bu tarzda sportchining tabiiy xususiyatlari: morfologik, funksional va psixik xususiyatlari bilan bog‘liqdir
- Rossiyalik taniqli psixolog R.M.Zagaynov Olimpiada chempionlari bo‘lgan - S.Bubka, V.Saneev (engil atletika), jahon chempionlari A.Karpov, G.Kasparov, N.Gaprindashvili, M.CHeburdanidze (shaxmat), A.Fadeeva, V.Petrenko, E.Vodorezova (figurali uchish), N.Deryugina, A.Anpilogova (sport o‘yinlari) va boshqa ko‘plab sportchilarning shaxsiy psixologi sifatida faoliyat yuritgan davridagi o‘z amaliy tajribalaridan kelib chiqib, ularning tarjimai holini o‘rganib, shuni ta’kidlaydiki, bu oliy maqom toifa vakillari go‘yo asosiy sportchilar guruhining yuqori qismida joylashgandek taassurot qoldiradilar, agar ularni tavsiflashda odatiy sifatlashdan foydalanilsa (mardlik, jasorat, o‘z kayfiyatini boshqara olish va hokazolar), ular uchun mazkur sifatlar soni etishmas ekan. Ularning xatti-harakatlari, reaksiyasi, o‘z – o‘zini boshqarishi (ayniqsa inkiroz holatlarida) shu qadar o‘ziga xos va individualki, ularni ta’riflash uchun maxsus, nostandart individual shaxsiy tavsifnomalarni qidirib topish lozim bo‘ladi.
- Bunday darajadagi sportchilar shaxsini tavsiflash uchun R.M.Zagaynov quyidagi asosiy, eng muhim (super) sifatlarni belgilaydi: “engilmaslik”, ”irodalilik” (hamma narsaga qodir irodaviy kuch-qudrat - muallif-Z.Gapparov), “konsentratsiya”, ”motivatsiya-ustanovka”, ”professionallik”, “sirlilik”, ”irimchilik”, ”qarshilik ko‘rsata olish”, “barqarorlik”. Tilga olingan ushbu eng muhim sifatlar orasida “engilmaslik” va “irodalilik” chempion-sportchilar shaxsining etakchi fazilati sifatida alohida ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |