Sportchilarni musobaqalarga ruhiy tayyorlash


Sport murabbiysining sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash bilan bog‘liq vazifalari


Download 15.77 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi15.77 Kb.
#1833220
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-dars sport

Sport murabbiysining sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash bilan bog‘liq vazifalari

  • Musobaqaga tayyorlik tushunchasini esa, sportchining ayni paytdagi holati, uning o‘z tayyorgarligini to‘liq ko‘rsatishga yordam beruvchi, muayyan musobaqada o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishi tarzida tushunish lozim.
  • Sportchining musobaqaga tayyorligi – bu uning integral tavsifidir. Unda tayyorlikning 5 ta komponentini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin, bular: g‘oyaviy,ma’naviy, funksional, maxsus va psixik tayyorliklardir. Musobaqa oldidan va uning davomida sportchilarning psixik jihatdan tayyorligi juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu tayyorlik:
  • 1. Tayyorgarlikning boshqa komponentlariga nisbatan qisqa vaqt ichida juda ko‘plab o‘zgarishlarga duch keladi;
  • 2. Uning o‘zgarishlari funksional tayyorlikning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin;
  • 3. Psixik jihatdan tayyorlik texnik, taktik vosita va usullardan samarali foydalanishga, ya’ni maxsus tayyorlikning namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi.
  • 4. Uni sportchiga psixologik jihatdan asoslangan ta’sir ko‘rsatish orqali yanada samaraliroq qilish mumkin. Bu ishni bevosita start oldidan ham bajarish va shu yo‘l bilan mazkur musobaqada o‘z imkoniyatlarining eng yuqori natijasini qo‘lga kiritishiga ko‘maklashish mumkin.
  • Ushbu bo‘limda murabbiyning boshqaruvchilik funksiyasi sportchini musobaqaga tayyorlash vazifalari bilan bog‘liq ravishda tahlil etiladi.
  • Murabbiyning vazifasi - sportchiga har bir alohida musobaqaga psixik tayyorlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan psixologik tayyorgarlik borasida ko‘maklashishdan iborat bo‘libgina qolmay, balki ayni paytda sportchi musobaqa oldidan va musobaqa jarayonida tushib qolishi mumkin bo‘ladigan noxush psixik holatlarda unga yordam berish, bunday vaziyatlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishni, va shu vaziyatlarga tayyor bo‘lib turishni ham taqazo etadi.

Mashhur murabbiylardan biri, o‘z shogirtlaridan birini erkin kurash bo‘yicha jahon birinchiligiga tayyorlar ekan (u paytda bu sportchi halqaro musobaqada hali tajribasiz edi) unda o‘z kuchiga ishonch hissini shakllantirish lozimligini (ya’ni sportchining o‘z g‘alabasiga yuqori sub’ektiv baho berishi lozimligini) sezib qoladi. U o‘z shogirdini sportda shuhrat topgan, halqaro musobaqalarda bir necha bor g‘alaba qozongan sportchilar bilan kurashga tushishini tavsiya etadi. Ayni paytda u ilgari chempion bo‘lgan mashhur sportchidan, bor kuchi bilan kurash tushmaslikni iltimos qiladi. YOsh kurashchi, albatta, bundan bexabar edi. U tayyorgarlik bellashuvidagi, kurash jarayonida o‘zining eng yaxshi ko‘rgan uslublaridan foydalangan holda g‘alaba qozonib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytirdi, shuningdek oldida turgan musobaqada ham g‘alaba qozonishi mumkinligi borasidagi shubhalardan forig‘ bo‘ladi.

  • Mashhur murabbiylardan biri, o‘z shogirtlaridan birini erkin kurash bo‘yicha jahon birinchiligiga tayyorlar ekan (u paytda bu sportchi halqaro musobaqada hali tajribasiz edi) unda o‘z kuchiga ishonch hissini shakllantirish lozimligini (ya’ni sportchining o‘z g‘alabasiga yuqori sub’ektiv baho berishi lozimligini) sezib qoladi. U o‘z shogirdini sportda shuhrat topgan, halqaro musobaqalarda bir necha bor g‘alaba qozongan sportchilar bilan kurashga tushishini tavsiya etadi. Ayni paytda u ilgari chempion bo‘lgan mashhur sportchidan, bor kuchi bilan kurash tushmaslikni iltimos qiladi. YOsh kurashchi, albatta, bundan bexabar edi. U tayyorgarlik bellashuvidagi, kurash jarayonida o‘zining eng yaxshi ko‘rgan uslublaridan foydalangan holda g‘alaba qozonib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytirdi, shuningdek oldida turgan musobaqada ham g‘alaba qozonishi mumkinligi borasidagi shubhalardan forig‘ bo‘ladi.
  • Murabbiylar sportchilar uchun bo‘lajak musobaqa sharoitlarini tashkil etib, tabiiy modellar yaratish orqali musobaqa uchun tayyorgarlikda katta yordam ko‘rsatishlari mumkin.
  • Masalan, badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiy musobaqadan oldingi tayyorgarlik mashqlarida, sportchilarga musiqada jo‘r bo‘lib pionino chalayotgan musiqachidan, bir necha marotaba ohanglarning sur’atini odatdagidan ko‘ra tezroq, yoki aksincha sekinroq chalishni so‘radi. Zero, bunday vaziyatlar sport musobaqasi davrida tez-tez bo‘lib turib, kelayotgan musobaqada shunday hol yuz bersa, gimnastikachilarning xatti-harakatlari buzilmaydi.

Download 15.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling