Sportchilarni musobaqalarga ruhiy tayyorlash


Sportchilarni musobaqa psixologik tayyorlash tizimining ikkinchi va uchinchi bo‘g‘inlari – ularning musobaqada ishtirok etish maqsadi va motivlarini to‘g‘ri belgilashdan iboratdir


Download 15.77 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi15.77 Kb.
#1833220
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-dars sport

Sportchilarni musobaqa psixologik tayyorlash tizimining ikkinchi va uchinchi bo‘g‘inlari – ularning musobaqada ishtirok etish maqsadi va motivlarini to‘g‘ri belgilashdan iboratdir.

  • Sportchilarni musobaqa psixologik tayyorlash tizimining ikkinchi va uchinchi bo‘g‘inlari – ularning musobaqada ishtirok etish maqsadi va motivlarini to‘g‘ri belgilashdan iboratdir.
  • Maqsad deganda kishining nima ishni bajarishi kerak va nima ishni bajarishni xohlayotganligi, nimaga intilayotgani tushuniladi. Motivlar esa kishini ayni shu ishlarni bajarishga da’vat qilayotgan kuchni aniqlashtirishga yordam beradi, ya’ni u nima uchun shu maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan, nima uchun o‘z intilishida aynan shunday yo‘l tutmoqda, degan savollarga javob beradi.
  • SHuni ham ta’kidlash kerakki, inson faoliyatida aynan motivlar eng qudratli psixologik mexanizm bo‘lib xizmat qiladi. Zero, ularni o‘rganib, shakllantirib va o‘zgartirib, muayyan shaxsning va hatto butun boshli jamoaning ham istalgan jabhadagi, hayot tarzidagi, shu jumladan, sportdagi rivojlanishini, xatti-harakatini, yurish-turishini maqsadli ravishda boshqarish mumkin bo‘ladi.
  • Musobaqada ishtirok etish sportchining tayyorgarlik mashg‘ulotlari yillik rejasida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. SHuningdek, bu musobaqalarning bir yil davomidagi soni ham rejalashtiriladi. Biroq, sportchi yil davomida ishtirok etadigan musobaqalarning barchasi ham mazmun va mohiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lmaydi. Ularning orasida eng asosiy musobaqalar belgilab olinadi.
  • Tabiiyki, har bir alohida musobaqada ishtirok etishning maqsad va motivlari ham ularning ahamiyatidan kelib chiqib, bir-biridan farq qiladi. Maqsad va motivlar haqida bir-biridan ayri holda gapirish mumkin emas. CHunki ularning har biri alohida sport turida o‘zgacha qiyofa kasb etadi. SHuningdek, ular har bir alohida sportchi yoki jamoa uchun maxsus ravishda shakllantirilgan bo‘lishi lozim. Biroq, ularning ayrim umumiy dastlabki holatlarini ko‘rsatish mumkin. Zero bu musobaqada ishtirok etishning maqsad va motivlarini yanada oydinlashtirish uchun xizmat qiladi.

Download 15.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling