Reja: - Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashning maqsad va vazifalari
- Musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko‘rish tizimi
- Sport murabbiysining sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash bilan bog‘liq vazifalari.
Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashning maqsad va vazifalari - Musobaqaga psixik tayyorlik holati ham barcha psixik holatlar kabi murakkab ichki ko‘rinishga ega bo‘lib, unda sportchining bo‘lajak musobaqani kutish vaqtidagi turli his tuyg‘ulari qorishib ketgan, ularda sportchining o‘z sheriklari hamda raqiblari bilan o‘zaro munosabati, o‘zining bellashuvga kirishishi , bellashuvlarning borishi hamda natijasi (bosqich natijalari, yakuniy natija) to‘g‘risidagi o‘y fikrlari mavjuddir. Ushbu tuyg‘ularning namoyon bo‘lishi sportchining hulq atvori va xatti-harakatidagi o‘ziga hos jihatlarini belgilab beradi. E’tiborli tomoni shundaki, ayni shu jihatlarga ko‘ra biz sportchining psixik holati va uning o‘zgarishlari haqida fikr yuritishimiz mumkin bo‘ladi.
- Musobaqaga psixik tayyorlik holati ham har qanday psixik holat kabi u yoki bu tarzdagi davomiylikka ega.
- SHuni ham ta’kidlash joizki musobaqaga psixik tayyorlik holati “mashqlangan”, ya’ni sporchining musobaqaga mutloq tayyorlik holatini belgilovchi tushuncha tarkibiga kiradi. Psixik tayerlik, bu mazkur tushunchaning eng muhim belgisi bo‘lib, u siz sportchining “mashqlangan xolati” haqida mutlaqo gapirishga o‘rin yo‘q. Zero sportchi psixik tayyorligining o‘zgarishi bevosita uning “mashqlangan holatini” o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U har bir musobaqaga alohida yo‘naltirilgan psixik tayyorgarlik jarayonida shakllanadi. - Musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U har bir musobaqaga alohida yo‘naltirilgan psixik tayyorgarlik jarayonida shakllanadi.
- Musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holatini maxsus shakllantirish – bu oldinda turgan musobaqalarning shart-sharoitidan kelib chiqqan holda sportchi ongi va hatti-harakatini yo‘naltirilgan holda tashkil etish jarayonidir.
- Sportning jamoaviy turlarida psixik tayyorlik birinchi navbatda, yagona g‘oya,yagona maqsad va yuqori darajadagi ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi yagona motiv bilan birikkan o‘yinchilarning jamoaviy ongi shakllanishi tarzida namoyon bo‘ladi.
- Sportchi ongini yo‘nalgan tarzda tashkil qilish shundan iboratki, bunda sportchining oldida turgan musobaqaga mos jangovor kayfiyatini yaratish,bu kayfiyatni sportchining imkoniyatlariga muvofiqlashtirish va shular asosida musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlashga alohida ahamiyat beriladi.
- Sportchi ongining ana shunday yo‘naltirilgan tashkil etilishida musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holati shakllantiriladi. Sportchini mahsus psixologik tayyorlash quyidagi alohida vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan:
- - Sportchi uchun asosiy hisoblanuvchi ijtimoiy qadriyatlarga e’tiborni qaratish;
- - Sportchida psixik “ichki tayanch”larni shakllantirish;
- - Psixologik to‘siqlarni, ayniqsa muayyan raqib bilan kurashda yuzaga keladigan to‘siqalarni bartaraf etish;
- - YAqinda bo‘ladigan kurash sharotlarini psixologik modellashtirish;
- - Musobaqa oldidan bo‘ladigan xatti-harakatlarning psixologik dasturini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |