Sportchilarning texnik va taktik tayyorgarligi nazoratining metrologik asoslari
Taktik vazifani harakatlar orqali hal etish
Download 319 Kb.
|
Sportchilarning jismoni tayyorgarligi nazoratining metrologik asoslari
Taktik vazifani harakatlar orqali hal etish
Taktik vazifa harakatlar orqali hal qilingan taqdirdagina, ya’ni uning uchinchi fazasi boshlangandan keyingina amalda qanday taktik harakatlar qilish kerakligi ayon bo’ladi. Harakatlar natijasida taktik harakatlarning uch fazasining hammasida erishilgan samaradorlik to’planib, jamlangan bo’ladi. Taktik harakatlar fazalarining o’zaro bir-biriga ko’rsa-tadigan ta’siri. Ҳаракат акцептори 6 5 Х о т и р а алоқа тескари 4 4 Натижа 1 2 3 Мусобақалашиш фаолиятини идрок этиш ва тахлил қилиш Тактик масалани фикран ҳал этиш Тактик масалани ҳаракатлар орқали ҳал этиш ии 3
Sportchi musobaqalashish shartlaridan kelib chiqqan holda vaziyatni baholab, taktik vazifani belgilab olgandan keyin u imkoni bo’lgan eng qulay usul deb hisoblangan ko’pgina imkoniyatlardan birini tanlab oladi va mana shu tanlangan tuzilish bo’yicha masalani hal etishga harakat qiladi. Bu masalaning yechimi ijobiy yoki salbiy natija bergan bo’lishidan qat’iy nazar, muayyan masalani hal qilish vaqtida mazkur tizim takomillashib boradi. Bunda xususiy va tashqi axborot, shuningdek, teskari aloqa tamoyili katta rol o’ynaydi. Jadvalda ko’rsatilgan o’z-o’ziga axborot berish, o’z-o’zini takomillashtirish hamda taktik harakatlar uchta fazasining bir-biri bilan o’zaro aloqalari taqdim etilgan. Harakat orqali masalani hal qilish natijasi xotiraga harakatli amallarning akseptori (taqqoslash, qiyoslash, apparati) orqali teskari aloqa yo’li bilan uzatiladi. Basharti sportchi masalani ijobiy hal qilgan bo’lsa u holda kelgusida xuddi shunday vaziyatlar yuz berganda ana shu yo’lni tanlab oladi. Uni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiradi. Mabodo masalaning hal qilinishi salbiy natija bergudek bo’lsa, u holda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlash uchun tanlangan yo’l taxlil qilinadi. Bunda yo’l qo’yilgan xato musobaqalashish vaziyatini noto’g’ri idrok etish va tahlil qilish manbai, fikriy jarayonlarning yetarli darajada rivojlanmasligi natijasida masalaning fikriy hal qilinishini inkor etgan bo’lishi, shuningdek, taktik harakatlarni ro’yobga chiqarish vaqtida noaniqlikka yo’l qo’yish oqibati bo’lishi (harakat texnikasining noto’g’ri qo’llanilishi, jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklar) yoxud ruhiy xususiyatga oid nuqsonlar – qusurlar (qo’rqoqlik, o’z kuchiga va imkoniyatlariga haddan tashqari yuqori baho berish va boshqa shunga o’xshashlar) sabab bo’lishi mumkin. Ijobiy ntija bergan harakatlarning tez-tez takrorlanib turishi maqsadga muvofiq keladigan taktik malakalarni hosil qiladi. Download 319 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling